20:00 / 15.02.2018
16788

JARning yangi prezidenti tasdiqlandi 

Foto: Reuters

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jyeykob Zuma iste'foga ketgandan keyin mamlakat parlamenti “Afrika milliy kongressi” partiyasi raisi Siril Ramafosa nomzodini prezident lavozimiga tasdiqladi. 16 fevralda JARning yangi prezidenti millatga murojat qilishi kutilmoqda.     

Parlamentda o‘tkazilgan ovoz berish natijalari e'lon qilingandan keyin parlamentning ba'zi a'zolari qarsak chalib, raqsga tushib ketganlar.      

65 yoshli Ramafosa Limpopo universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Uning siyosiy faoliyati 1970-yillar oxirida, talabalar qo‘zg‘olonlari vaqtida boshlangan. U 1980-yillar boshida konchilar milliy ittifoqi kasaba uyushmasiga asos solib, unga boshchilik qilgan.

1991 yilda “Afrika milliy kongressi” partiyasi bosh kotibi lavozimiga saylangan. O‘shanda partiyaga Nelson Mandela raislik qilgan. Ramafosa 1990-yillar boshida aparteid tuzumining bekor qilinishi bo‘yicha muzokaralar jarayonida ishtirok etgan.

2014 yildan JAR prezidenti o‘rinbosari, 2017 yil dekabrdan yetakchi “Afrika milliy kongressi” partiyasi raisi sifatida faoliyat yuritib keladi.

Mavzuga oid
Top