Xalqaro sud Ğazodagi uruş böyiça JAR söragan deyarli barça çoralarni yoqladi, şu bilan birga, Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega ekanini qayd etdi. Xöş, bu qaror haqida ekspertlar nima deyapti? “Geosiyosat” dasturida mavzuga oid savollarga siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Farhod Karimov javob berdi.

— Janubiy Afrika Respublikasi suddan qanday favqulodda çoralarni talab qilgan edi va qaysi talablari qondirildi?

Farhod Karimov: — JAR bir oy oldin Isroil ustidan şikoyat bilan BMT sudiga murojaat qilgan edi. Ğazodagi harbiy harakatlarni töxtatiş va 1948 yilda qabul qilingan genotsid konvensiyasi asosida körib çiqiş talabini qöyib, umumiy 9 bandli talab bilan çiqqan edi. Asosiysi, harbiy harakatlarni töxtatib, genotsid sifatida körib çiqiş, humanitar yuklarni ötkaziş, ijtimoiy infratuzilmalarni işdan çiqarmaslik, xalqaro suriştiruvlarni çeklamaslik kabilar edi.

Xalqaro sud tinç aholiga nisbatan harbiy harakatlarni töxtatişni ma’qulladi. Butunlay uruşni töxtatiş esa nazarda tutilmadi. Bunga sabab, 1993 yildagi Oslo konvensiyasiga köra, Isroilga özini himoya qiliş huquqi berilgan, ammo Falastin uçun bu masala oçiq qolgan. Şuning uçun ham faqat tinç aholiga zarar yetkazmaslik talabi qöyilyapti. Sud tomonidan JARning qolgan talablari ham qondirildi. Endi esa ijro mexanizmi masalasi turibdi. Sud köproq boşqa davlatlar şu pretsedentdan foydalanib, bu narsani vaj qilmasligi uçun şu qarorni çiqardi. Umuman olganda, birinçi marta xalqaro hamjamiyat Isroilga qarşi tura olişini körsatdi. Ammo aytganimdek, ijro mexanizmi borasida savollar köp.

— Xalqaro tartibotda yetakçi davlatlar Isroilga qarşi çoralar körişni boşlaşi mumkinmi?

Kamoliddin Rabbimov: — Isroil öz tarixida bugungi kundagi kabi ma’naviy inqirozni boşdan ötkazmagan. Isroil va arab davlatlari örtasida köp uruş bölgan, ammo bugungi kundagi kabi axborot davri bölmagani uçun bu darajada genotsidda ayblanmagan edi. JARning asosiy maqsadi Isroilni xalqaro maydonda sazoyi qiliş emasdi. Balki genotsid haqidagi konvensiyaga köra, xalqaro sud genotsid töğrisida ayblov paydo bölganda harbiy harakatlarni töxtatişi kerak, mana şu narsaga erişmoqçi edi. Ammo sud köproq Isroilning foydasiga hukm çiqardi, ya’ni Isroil özini himoya qiliş huquqiga ega, degan hukm bilan uruş davom etişiga imkon berdi, faqat aholiga nisbatan genotsid bölişiga qarşi hukm çiqardi. Bu hukm bilan Isrolning “qöli yeçildi”, ya’ni agar sud uruş töxtatilişi kerak, degan hukm çiqarganda ham Isroil töxtamas edi, ammo xalqaro bosim ortar edi, biroq sud Isroilning özini himoya qiliş huquqi bor ekanini e’tirof etib berdi.