Dunyo hamjamiyati Janubiy Afrika Respublikasining Isroilni sudga berganini hayrat bilan kuzatmoqda. Da’vo BMTning Haagadagi Xalqaro sudida körilyapti. Ikki tomondan ham 6 nafardan advokat iştirok etmoqda. Tomonlarga öz vajlarini bildiriş uçun yarim soatdan vaqt berildi. JAR Isroilni Falastin xalqining genotsidida ayblayapti.

JARning asosiy maqsadi – Isroilni genotsidda ayblab, natijalarni qança kerak bölsa, şunça vaqt kutiş emas. JARning maqsadi – “Genotsid töğrisida”gi konvensiyaga köra, Isroilga nisbatan “vaqtinçalik çoralar”ni joriy qiliş. Vaqtinçalik çora tamoyiliga köra, “Genotsid töğrisida”gi konvensiyaga binoan, genotsidda ayblanayotgan davlat yoki tomon uruş amaliyotlaridan, harbiy amaliyotlardan töxtaşi kerak böladi. Buning uçun Xalqaro sud işni qabul qilişi kifoya.

“Vaqtinçalik çora” şartlariga köra, Isroilning geotsid qilgani yoki qilayotgani isbotlanişi, öz tasdiğini topişi şart emas. Buning uçun JAR Isroilning harakatlari tufayli Falastinda insoniy talafotlar nihoyatda katta ekani, oddiy fuqarolar, oddiy insonlarning ölimi juda köp ekanini isbotlaşi yetarli.

Ya’ni Isroil genotsidda ayblanar ekan va bu işni Xalqaro sud körib çiqişga rozi bölar ekan, avtomatik ravişda vaqtinçalik çora kuçga kiradi va Isroilga sud tomonidan barça uruş va harbiy harakatlarni sössiz töxtatiş talabi qöllanişi kerak böladi. Vaqtinçalik çora joriy qilinişi uçun Isroilning aybi tasdiqlanişi şart emas. Sud şu işni körib çiqişga rozilik bildirişining özi kifoya qiladi. Çunki yakuniy qaror qabul qilinişiga yillar kerak bölişi mumkin. Ma’lumot uçun, hozirgi jarayonlar – işni körib çiqişga qabul qilişdan oldingi muhokamalardir.

Xalqaro sud işni körib çiqişga qabul qilişi uçun JAR ikki narsani isbotlab berişi kerak. Birinçisi – agar qöşimça çoralar joriy qilinmasa, Falastin xalqiga yetkazilayotgan zarar, talafot va ölimlar salmoği yanada kattarib boraveradi, degan dalil. Ikkinçisi – agar vaqtinçalik çora joriy qilinmasa, Isroil özi bilib, uruş va harbiy amaliyotlardan töxtamaydi, oddiy falastinliklarni qirğin qilişda davom etaveradi, degan dalilni isbotlab berişi kerak.

Isroilning himoya taktikasi ham ma’lum. Isroil advokatlarining birinçi argumenti quyidagiça: “Agar Ğazoni bombalaş töxtatilsa, bu Isroilning yöq qilinişiga olib keladi”. Aslida esa, Isroil mana 75 yildan beri falastinliklar va ular tomonidan tuzilgan qarşilik körsatiş taşkilotlari bilan kuraşib kelmoqda. Lekin, hozirça, Isroil davlati Falastin hududlari hisobiga faqat kengayib bormoqda.

Isroilning ikkinçi himoya taktikasi, bu – “Genotsid töğrisida”gi konvensiyaning texnik talablariga asoslangan manipulyatsiyalar hisoblanadi. Konvensiya talabiga köra, tomonlar, Xalqaro sudga çiqişdan oldin, özaro “boşlanğiç bahslar”, “sudga qadar boşlanğiç debatlar” ötkazişi, öz da’volarini advokatlar orqali bir-biriga birdirişi, halqaro huquq doirasida bahslaşişi talab etiladi. Bunday talabdan maqsad – davlatlar yoki tomonlar Xalqaro sudga çiqişdan oldin boşqa instansiyalarda yoki özaro advokatlar orqali bahslaşib olişlari, agar imkoni bölsa, şu yöl bilan kelişib olişlari talab etiladi.

Isroilning manipulyatsiyasi şuki, “Falastin davlati biron marta Isroilni sudga bergani yöq” deydi. Bu – kulguli pozitsiya. Çunki butun dunyo davlatlari tomonidan tan olinadigan Falastin davlati mavjud emas. Falastin davlatining töla taşkil topişiga Isroilning özi yöl qöymaydi.

Yana Isroil: “Biz genotsidni qasd qilganimiz yöq”, “Genotsid niyatimiz yöq va bölmagan” deydi. Bunga javoban, JAR isroillik siyosatçilarning köplab çiqişlari, banotlarini hamda harbiylarning ayovsiz qirğinlarini hujjatlaştirib, e’tiroz bildiradi.

Lekin, Isroilning bu argumenti BMT Xalqaro sudi sudyalarining boşini oğritişi aniq. Çunki bu – jiddiy talab.

Demak, şunday qilib, BMT Xalqaro sudi oldida ikkita qarama-qarşi dalil turibdi va sud ikkita pozitsiyadan birini tanlaşi kerak böladi. JARning pozitsiyasi – Isroil Falastinda misli körilmagan genotsid qilmoqda va şuning uçun ham, vaqtinçalik çora sifatida, uruş hoziroq töxtatilişi kerak.

Isroil esa, “biz özimizni himoya qilmoqdamiz, genotsid niyatimiz yöq. Falastin bizga nisbatan heç qaçon da’vo kiritmagan, şuning uçun bu iş inkor etilişi kerak”, deydi.

BMT Xalqaro sudi nafat 17 sudyadan iborat bölib, ular 9 yilga saylanadi. Sudyalar öz hukumatlarining pozitsiyalariga qaraş hollari köp kuzatilgan. Qolaversa, davlatlar öz munosabatlaridan kelib çiqib, geosiyosiy klasterlarga uyuşiş hollari ham köp kuzatilgan. Lekin, xalqaro huquq talabiga köra, sudyalar mustaqil va adolatli qaror qabul qilişlari kerak.

Xalqaro sud qanday qaror qabul qilişidan qatiy nazar, Isroil tarixan yutqazdi. Sababi, endi bu sud va undagi öta jiddiy ayblovlar Isroil davlatini doimiy ta’qib qiladi. Bildirilgan ayblovlarni milliardlab insonlar ongida rad qiliş imkonsiz böladi.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos