2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning HAMAS hujumiga javoban Ğazoga qilayotgan hujumlari natijasida taxminan 27 ming nafar begunoh inson öldirildi. Isroil tomonidan öldirilgan tinç aholining aksariyati – bolalar, ayollar va qariyalardir.
Isroilning Ğazodagi bu harakatlaridan norozi bölib, BMTning Xalqaro sudiga Janubiy Afrika Respublikasi murojaat qildi. JAR Isroilni kamida oltita band böyiça genotsidda aybladi. Bu – genotsidni amalga oşiriş, genotsidni amalga oşiriş niyatida yaşirin reja tuziş, genotsidni amalga oşiriş maqsadida töğridan töğri va ommaviy gijgijlaş, genotsidni amalga oşirişga uriniş, genotsidni amalga oşiriş yölida hamkorlik, genotsidning oldini olmaslik yoki bunga intilmaslik.
Xöş, nega kelib-kelib Isroilni JAR sudga berdi? Axir, JAR – musulmon davlati emas, yoki Isroilning tarixiy duşmani ham emas... Buning asosiy sababi – JARda şakllangan tarixiy xotira, siyosiy tafakkur hisoblanadi. JAR ham yaqin-yaqingaça, xuddi falastinliklar kabi, haqsiz, huquqsiz edi.
JAR – aparteidni boşidan ötkazgan kam sonli davlatlardan biri. Afrikaning köplab davlatlari mustamlaka qilindi, uzoq muddat ğarb davlatlarining kaloniyalari bölişdi. Lekin aynan JAR Afrikaning boşqa davlatlaridan uzoqroq mustamlaka böldi. Buning sababi – JAR nihoyatda boy davlat hisoblanadi.
Ikkinçi jahon uruşi tugugaç, ğarbiy Yevropa davlatlari öz mustamlakalarini qöyib yuborişga majbur bölişadi. Şuning uçun 1948 yilda JAR hokimiyatiga kelgan oq tanlilar öz hokimiyatini uşlab qoliş maqsadida aparteid tizimini joriy qilişadi.
Aparteid – “ajratilgan holda yaşaş” degan ma’noni bildiradi. Aparteid qoidalariga köra, kam sonli oq tanlilar mutlaq köpçilik hisoblanmiş qora tanlilar ustidan politsiyaça nazorat örnatadi. JARning 87 foiz yerlari oqlar nazoratida, faqat 13 foiz hududlar qora tanlilar nazoratida böladi. Qora tanlilar yaşaydigan hududlar “Bandustan” deb atalgan va qora tanlilarga u yerlardan çiqiş taqiqlangan.
Butun bir mamlakat odamlarning rangiga qarab ikkiga bölingan edi: şaharlar, kvartallar, yöllar, hattoki zinopoyalar va hojatxonalar ham. Oq tanlilar yaşaydigan hududlarga qora tanlilarning kirişi mumkin bölmagan. Qora tanli politsiyaçilar oq tanli odamlarni töxtatişga haqqi bölmagan. Oq tanlilar maktablariga nisbatan qora tanlilarning maktablari önlab baravar kam moliyalaştirilgan. Qora tanlilar faqat xizmatkorlik va dehqonçilik sohalarida öqigan.
Aparteizmga köra, rasizm, irqiy ajratiş va kamsitiş – davlat qonunlari bilan belgilangan edi. Bu yerdagi saylovlarda iştirok etiş huquqi faqat oqlarga berilgan edi. Şuning uçun ham qora tanlilar davlat boşqaruviga, özlarining tahqirli qul holatiga siyosiy instrumentlar orqali ta’sir qila olmasdi.













