23:28 / 04.10.2018
4252

Armanistonda uch nafar yangi vazir tayinlandi

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan yangi favqulodda vaziyatlar; energetika infratuzilmalari va tabiiy zaxiralar hamda transport, aloqa va axborot texnologiyalari vazirlarini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. 

Farmonga ko‘ra, Feliks Tsolakyan favqulodda vaziyatlar vaziri, Garegin Bagramyan energetika infratuzilmalari va tabiiy zaxiralar vaziri hamda Akop Arshakyan transport, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri etib tayinlangan.

Mavzuga oid
Top