14:16 / 22.01.2019
22981

O‘zbekistondan paxta eksporti keskin qisqardi

Foto: KUN.UZ

2018 yil yakunlari bo‘yicha paxta tolasining umumiy eksport hajmidagi ulushi (1,6%) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaydi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda 222,1 mln dollarlik 115,6 ming tonna paxta tolasi eksport qilindi.

Eksport umumiy hajmidagi paxta tolasi ulushiga nisbatan tendensiya tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2015 yilda paxta tolasi eksporti ulushi uning umumiy hajmidan 5,9%ni tashkil etgan. Shu bilan birga, 503,8 ming tonna xomashyo eksportga chiqarilgan.

2016 yilda 416 ming tonna paxta tolasi eksport qilindi.

2017 yil yakunlari bo‘yicha eksport umumiy hajmida paxtaning ulushi 3,8%gacha kamaydi - 278,9 ming tonna xomashyo eksport qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2,9 mlrd dollarlik oltin eksport qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top