2018 yil yanvar-dekabr oylarida Özbekiston eksporti hajmi 14 257,9 mln. AQŞ dollarga (ösiş sur'ati 13,6%) teng böldi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qömitasi. 

Eksport tarkibida tovarlar 78,7% uluşga ega. Bular energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,7%), oziq-ovqat mahsulotlari (7,7%), şuningdek, qora va rangli metallar (8,2 %) guruhlari hissasiga töğri kelmoqda.

Özbekiston, asosan, xizmatlar (3 mlrd dollar), oltin (2,9 mlrd dollar) hamda energiya manbalari va neft mahsulotlari (2,6 mlrd dollar) eksport qildi.

Şuningdek, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 19 557,4 mln. AQŞ dollariga (ösiş sur'ati 39,6%) teng böldi. 

Import tarkibida eng katta uluş maşina va asbob uskunalar (42,5 % - 8,3 mlrd dollar), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,1% - 2,5 mlrd dollar) hamda qora va rangli metallar (9,1% - 1,7 mlrd dollar) guruhlari hisobiga töğri keldi. Şuningdek, respublika xizmatlar importiga 2,2 mlrd dollar sarflagan.