JARda noodatiy pushti rangdagi filcha tasvirga olindi. Noodatiy filcha muhrlangan rolik YouTube’da Caters News Agency agentligi tomonidan e'lon qilindi.
Safari-gid Tim Yansen van Vyuren filchani Kryuger milliy bog‘idagi “Mala-Mala” qo‘riqxonasida aniqlagan.
Videoda kulrang-pushti filcha bog‘ bo‘ylab boshqa fillar bilan sayr qilib yurganini ko‘rish mumkin. Filning o‘lchamlariga ko‘ra, u 2-3 haftalik.
Rolikka berilgan izohda filchaning noodatiy ko‘rinishi leykizm bilan bog‘langani aytilgan. Bu mutatsiya tashqi qoplama rangining qisman yo‘qotilishiga olib keladi.