21:41 / 18.03.2019
37776

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalarining rahbar xodimlari lavozimlarga tayinlandi 

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalarining rahbar xodimlari lavozimlarga tayinlandi.

Hujjatga muvofiq:

Salix Marufovich Israilov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining mudiri etib;

Sardor Maxmudjanovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Abdurashid Abduvoxidovich Djurabayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Sherzod Abdusamatovich Abidov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Akmalxon Juraxonovich Ortikov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Nuriddin Jumaboyevich Qo‘shnazarov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Kamal Saidakbarovich Rizayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri etib; 

Nodirjon Abrarovich Kilichev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyatining mudiri etib;

Shavkat Samatovich Samatov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri etib;

A'zam Erkinovich Ravshanov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandilar. 

Mavzuga oid
Top