Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanga so‘nggi bir yildan ortiq vaqt davomida rahbarlik qilgan Nodirbek Yoqubov lavozimini tark etgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
11 aprel kuni Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yoqubov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Muzaffar Aripov Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Muzaffar Aripov 1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Nodirbek Yoqubov Piskent tumaniga 2023 yil yanvaridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam 2018–2023 yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Haj va Umra yagona portali ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 22:29
-
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi
Jahon | 22:13
-
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi
O‘zbekiston | 21:58
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025