Afrika millatlari Kubogida 1/8 final o‘yinlari boshlandi.
Musobqa favoritlaridan biri Marokash milliy jamoasi kamtarona Benin bilan kuch sinashdi.
Marokashliklar guruh bosqichida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan, beninliklar esa uchta durangni qayd qilib, faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar orqali pley-offga chiqishgan edi.
Bu o‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari durang natija bilan yakunlandi. Marokash asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan unumli foydalana olmadi - «Ayaks» yarimhimoyachisi Hakim Ziyosh «nuqta»da adashdi.
Penaltilar seriyasida esa Benin g‘alaba qozondi.
Senegal esa 1/8 finalda Uganda bilan bellashdi va Sadio Mane tomonidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
Senegal chorakfinalda Benin bilan bellashadi.
Chorak final yo‘llanmasi uchun 6-8 iyul kunlari Nigeriya – Kamerun, Misr – JAR, Madagaskar – Kongo DR, Jazoir – Gvineya, Mali – Kot-d`Ivuar hamda Gana – Tunis juftliklari o‘zaro kuch sinashadi.
Afrika Kubogi
Pley-off
1/8 final
Marokash – Benin 1:1 (pen. 1:4)
5 iyul, Qohira, «Al Salam Stadium»
Gollar: 0:1 – 53 Adilyu, 1:1 – 75 En-Nesiri.
Amalga oshirilmagan penalti: Ziyosh (90+6)
Marokash – Bunu, Saiss, da Koshta, Hakimi, Belhanda (Bufal, 59), Bussufa, El-Ahmadi (Fajr, 107), Ziyosh, Amrabat (Idrissi, 88), Diror (Mazravi, 74), An-Nesiri.
Benin – Allagbe, Adilyu, Verdon, Adenon, Imoru, Sessenon, Adeoti, Dossu (Anaan, 87), Seybu, Suku (Jigla, 69), Pote (D'Almeda, 108).
Ogohlantirishlar: Adenon (41), Suku (51), Idrissi (90), El-Axmadi (100), Seybu (105), Anaan (106).
Chetlatish: Adenon (97).
Uganda – Senegal 0:1 (0:1, 0:0)
5 iyul, «Cairo International Stadium»
Gol: 0:1 – 15 Mane.
Uganda – Onyango, Valusimbi, Mugabi, Juuko, Miyya, Aucho (Kateregga, 77), Vassva (Avani, 18), Azira, Kaddu (Kyambadde, 57), Okvi, Abdu.
Senegal – Gomis, Kulibali, Gassama, Sabali, Kuyate, Ndiayye, Guyye, Mane, Seve (Diatta, 69), Sarr (Keyta Balde, 81), Nyang (Diane, 85).
Ogohlantirishlar: Onyango (5), Okvi (8), Ndiayye (11), Aucho (31), Kulibali (70).
1/8 finalning qolgan o‘yinlari
6 iyul
Nigeriya – Kamerun
Misr – Janubiy Afrika
7 iyul
Jazoir – Gvineya
Madagaskar – Kongo DR
8 iyul
Gana – Tunis
Mali – Kot D’Ivuar