Senegal 22 noyabr kuni JÇ-2023 1/8 finalida Fransiya bilan öyinning asosiy vaqtida 0:0 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida mağlubiyatga uçradi. Senegal mundialdagi iştirokini töxtatib, turnir bilan xayrlaşgan bölsa-da, mamlakat futbol federatsiyasi Fransiyaning ham çorakfinalda öynaşiga qarşi çiqmoqda va buni FIFA reglamentining qöpol tarzda buzilişi deya hisoblamoqda.
Avvalroq, Fransiya ösmirlar jamoasi hujumçisi Yannis Issufu JÇ-2023 Afrika saralaş bahsi doirasida Niger ösmirlar jamoasi safida maydonga tuşgani ma’lum bölgandi. FIFA qoidalariga köra esa, futbolçining bir turnirda ikki jamoa safida öynaşi qat’iyan man etilgan. Şundan kelib çiqilsa, FIFA reglamentiga binoan Fransiya ösmirlar jamoasi turnirdan diskvalifikatsiya qilinişi lozim.
«Uşbu futbolçi FIFA bayroği ostida ötadigan bir xil yoş toifasidagi ikki rasmiy turnirda ikki xil jamoa safida maydonga tuşgan. Ammo FIFA nizomi va futbolçilarning transfer qoidalarida «futbolçi avvalgi assotsiatsiyasi bilan iştirok etgan turnirlarda yangi assotsiatsiyasi bayroği ostida iştirok eta olmaydi», deya aniq va ravşan qilib körsatilgan. Bu qoidaga zid. Qolaversa, U17 Jahon çempionati reglamentida barça futbolçilar FIFA nizomiga muvofiq turnirda iştirok etişi şartligi belgilangan.
Şunday ekan, yuqoridagilarni inobatga olgan holda bu turnirda iştirok etiş huquqiga ega bölmagan öyinçini öz safiga qöşib olgani va turnirda röyxatdan ötkazgani uçun Fransiyaning JÇ-2023dan diskvalifikatsiya qilinişini qat’iy söraymiz», - deyiladi Senegal futbol federatsiyasining FIFAga yöllagan bayonotida.

Sport News Africa naşri xabariga binoan, dastlab Burkina-Faso guruh bosqiçida fransuzlardan mağlubiyatga uçragandan keyin bu borada arz qilgaç, Fransiya futbol federatsiyasi «Monpele» klubi hujumçisi sanalmiş Yannisning Niger ösmirlar jamoasi safida musobaqaning saralaş bosqiçida maydonga tuşganidan xabari bölmagani haqida ma’lum qilgan.
L'Equipe xabariga köra, Fransiya ösmirlar jamoasi boş murabbiy Jan-Lyuk Vannuki aynan diskvalifikatsiya ehtimoli tufayli Yannis Issufuni Senegalga qarşi nimçorakfinal öyini oldi tarkibdan çiqargan.
Eslatib ötamiz, Yannis Niger ösmirlar jamoasi safida 2022 yil Kot-d’Ivuar va Beninga qarşi saralaş öyinida maydonga tuşib, bitta golga mualliflik qilgan, Beninga qarşi esa jamoasining eng yaxşi öyinçisi deb topilgan.
Ma’lumot uçun, Fransiya ösmirlar jamoasi çorakfinalda Özbekistonga qarşi maydonga tuşişi lozim. Öyin 25 noyabr kuniga belgilangan. FIFA bu borada hozirça rasmiy bayonot berişdan tiyilmoqda.







