Xalqaro hamjamiyat ham Ğarbiy Afrikadagi eng barqaror davlatlardan biri bölib kelgan Senegaldagi vaziyat yuzasidan xavotir bildirmoqda.
Prezidentlik saylovlari 25 fevralga belgilangandi.
Mamlakat 1960 yilda Fransiyadan mustaqillikka erişilganidan beri hokimiyat tinç yöl bilan, faqat saylovlar orqali ötkazilgan. Mintaqadagi boşqa davlatlardan farqli ölaroq, Senegalda heç qaçon kuç işlatiş yöli bilan hokimiyatga keliş holati kuzatilmagan.
1963 yilda prezidentlik boşqaruvi örnatilganidan buyon mamlakatda saylovlar doimo öz vaqtida ötkazilgan.
Tahlilçilar mamlakatdagi barqarorlikka jiddiy putur yetkazişi mumkin bölgan konstitutsiyaviy inqirozni başorat qilmoqda.
«Uşbu qaror Senegalni konstitutsiyaviy inqiroz girdobiga taşlaydi», — degan BBC bilan suhbatda risklarni baholaş bilan şuğullanuvçi Verisk Maplecroft konsalting kompaniyasining Ğarbiy Afrika böyiça katta tahlilçisi Mukahid Durmaz.
Muxolifatning ayrim vakillari allaqaçon Sallaning qarorini konstitutsiyaviy davlat töntarişi deb atamoqda.
«Faqat Konstitutsiyaviy kengaş prezidentlik saylovlari muddatini keyinga surişi mumkin va bunday keçiktiriş ham qat’iy tartibga solinadi. Şunday ekan, bu şunçaki konstitutsiyaga zid, şuning uçun aytamanki, bugun biz konstitutsiyaviy davlat töntarişi keltirib çiqarişga urinişning guvohi bölib turibmiz», — deya vaziyatni izohlagan muxolifatçi siyosatçilardan biri Gi Marius Sanya.
Saylovda iştirok etişi mumkin bölgan nomzodlarning yakuniy röyxatidan 20 kişi örin olgan. Nomzodlar saylovlarda iştirok etiş şartlariga mos keliş-kelmasligini belgilaydigan Konstitutsiyaviy kengaş yanvar oyida muxolifatning bir neça vakillarini saylovga nomzod bölişga qöymagandi va bu tanqidlar tölqiniga sabab bölgandi.
Şu bilan birga, Maki Sallning özi saylovlarda qatnaşmaslikka va’da bergan.
Saylovlarning keçiktiriş haqidagi qarordan keyin mamlakat poytaxti Dakarda norozilik namoyişlari boşlanib ketdi.
Duşanba kuni hukumat internetda «nafratomuz va buzğunçi xabarlar» tarqalişi va jamoat tartibiga tahdid solinişining oldini oliş maqsadida – boşqaça söz bilan aytganda, namoyişlarni taşkillaştirişni qiyinlaştiriş uçun mobil internet-xizmatlaridan foydalanişni çeklab qöydi.













