Senegalda bir kun avval bölib ötgan prezidentlik saylovlarida muxolifat nomzodi Bassiru Diomayye Fay 53,7 foiz ovoz oldi. Bundan Senegal milliy avtonom saylov komissiyasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Diomayye Fayning asosiy raqobatçisi, hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba 36,2 foiz ovoz oldi. 

Ta’kidlanişiça, bu dastlabki ma’lumotlar bölib, saylov uçastkalarining 90 foizida byulletenlarni sanab çiqişdan söng olingan. Saylovning rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi.

Ayni paytda, Senegalning amaldagi prezidenti Maki Sal va hukmron koalitsiya vakili Amadu Ba Diomayye Fayni prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçidagi ğalabasi bilan tabrikladi.

Bassiru Diomayye Fay 44 yoşda. U Senegal prezidenti etib saylangani yakuniy tarzda tasdiqlansa, Afrikaning eng yoş prezidentiga aylanadi.