«Barselona» klubi so‘nggi 5 yil ichida transferlarga 1 milliard 80 million yevro sarfladi, deb xabar beradi Transfermarkt.
Bugun kataloniyaliklar hujumchi Antuan Grizmanning 120 million yevrolik transferini rasmiylashtirdilar.
Natijada, «Barselona» transferlarga sarflangan mablag‘lar miqdori bo‘yicha «Manchester Siti»dan o‘zib ketib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Shaharliklar» o‘tgan 5 yil ichida yangi futbolchilar xaridi uchun 996 million yevro, «Manchester Yunayted» esa 890 million yevro sarflagan edi.
«Barselona» uch futbolchining transferi uchun 100 million yevrodan ortiq xarajat qildi — Usmon Dembele (125 mln), Filippe Koutino (145 mln) va Antuan Grizmann (120 mln).
O‘z navbatida kataloniyaliklar futbolchilarni sotish orqali 627 million yevro daromad olishgan.
So‘nggi 5 yilda transferlarga eng ko‘p sarflagan klublar:
«Barselona» - futbolchi sotib olish uchun 1 080 million yevro sarflangan (futbolchi sotishdan 627 million yevro daromad olingan)
«Manchester Siti» - 996 (280)
«Manchester Yunayted» - 890 (275)
«Chelsi» - 875 (723)
«Yuventus» - 868 (639)
«Atletiko» - 800 (752)
«PSJ» - 773 (356)
«Real» - 755 (543)
«Liverpul» - 714 (535)
«Roma» - 586 (602)