Angliya: «Tottenhem»ning xörlanişi va Dokuning benefisi

«Nyukasl» — «Tottenhem» 4:0
Gollar: Isak (30, 51), Gordon (32), Şer (87). 
«Nyukasl» – Dubravka, Şer (Dammett, 90+3), Kraft, Bern, Anderson (Riçi, 90+2), Bruno Gimaraes (Uayt, 90+2), Longstaff, Merfi (Livramento, 77), Barns (Holl, 89), Gordon, Isak.
«Tottenhem» – Vikario, Porro (Emerson, 49), Romero, van de Ven, Udoji, Meddison (Lo Çelso, 81), Bentankur (Sarr, 57), Bissuma (Hyoyberg, 57), Son (Kulusevski, 58), Jonson, Verner.
Ogohlantirişlar: van de Ven (27), Bissuma (47), Romero (56), Meddison (61).

«Tottenhem» hisobni oçişi mumkin edi, ammo öz imkoniyatidan foydalana olmadi, keyin esa himoyaçilarining xatolari tufayli ikki daqiqa içida ikki gol ötkazib yubordi. Dastlab Gordon Udojidan töpni olib qöydi va Isakni qulay vaziyatga çiqardi, keyin Porroning xato pasidan keyin töpni egallab olib, öz nomini tabloga yozdirib qöydi — u joriy mavsumda «Sent-Jyeyms Park»da «katta oltilik»ning barça vakillariga gol urdi. Isak birinçi goli bilan «Nyukasl» afsonalari — Alan Şirer, Endi Koul va Les Ferdinand bilan tenglaşib oldi. Bungaça «qarğalar»ning  faqat şu uç futbolçi APLning qatorasiga olti uy uçraşuvida raqib darvozalarini işğol qilişga muvaffaq bölgandi.

Mezbonlar tanaffusdan keyin darhol öyin taqdirini hal qilişdi. «Şporlar» himoya çiziğini juda oldinga çiqarişgandi va Son raqib jarima maydoni yaqinida töpni oldirgaç, Brunu Gimaraes uzun pas orqali Isakni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqarib yubordi, öyin oxirida esa Gordonning burçakdan uzatgan pasidan keyin Şer törtinçi golni urdi. Eddi Hau şogirdlari öyinning atigi 27 foiz qismida (!) töpga egalik qilib ham yirik hisobda ğalaba qozondi va hozirça vaqtinça oltinçi öringa kötarilib, yevrokuboklar yöllanmasi uçun kuraşni davom ettirmoqda. «Tottenhem» esa yakşanba kuni prinsipial raqibiga muxlislik qilişiga töğri keladi, çunki faqat «Arsenal» ğalabasigina «Aston Villa» top-4 uçun kuraşda oldinga çiqib ketmasligini ta’minlaydi.

«Mançester Siti» — «Luton» 5:1
Gollar: Hasioka (2, avtogol), Kovaçiç (64), Holand (76), Doku (87), Gvardiol (90+3) — Barkli (81). 
«Mançester Siti» – Ederson, Lyuis, Ruben Diaş, Akanji, Gvardiol, Kovaçiç, de Bryuyne (Serxio Gomes, 81), Mateuş Nuneş, Doku, Holand (Bobb, 81), Alvares.