09:26 / 19.08.2019
13319

Yaponiya boshqa davlatlar sun'iy yo‘ldoshlarini yo‘q qiluvchi sun'iy yo‘ldosh uchirishi mumkin – OAV

Foto: Depositphotos

Yaponiya rasmiylari zarurat tug‘ilganda boshqa davlatlar sun'iy yo‘ldoshlarini bartaraf etuvchi o‘z sun'iy yo‘ldoshini uchirishi mumkin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Yaponiyada bunday imkoniyat ko‘rib chiqilmoqda. Agar hukumat bu taklifni ma'qullasa, unda jangovar sun'iy yo‘ldoshlar fazoga 2020 yilning ikkinchi yarmida chiqariladi.

Ta'kidlanishicha, Yaponiyada bunday g‘oya fazoda harbiy qarama-qarshilik xavfi oshayotgani va Rossiya hamda Xitoy xuddi shunday jangovar sun'iy yo‘ldoshlar yaratayotgan bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanish sababli paydo bo‘lgan. 

Top