Yaponiya deganda köpçiligimiz faqat yaxşi narsalarni tasavvur qilamiz: yaponlar hammasi madaniyatli, qonunga böysunadi, töğri işlaydi deb öylaymiz. Ammo, unday emas. Kun.uz Yaponiyadan tayyorlagan navbatdagi körsatuvida kunçiqar yurtning qora tomoni – yapon mafiyasi bilan taniştiradi.

“Quyoşning qora tomoni”

Yaponiyaga safar qiliş oldidan, uning faqatgina yoruğ tomonini emas, teskari tarafini ham körsatişni istadim. Çunki bu mamlakatdagi 15 yil keçirgan umrim davomida, uning yaxşi va yomon tomonini ham körişga ulgurdim...

Bir boşidan boşlaymiz.

Bu orol mamlakat ötgan asrgaça yopiq mamlakat bölgan. Yopiqlik – mamlakat madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlarini taşqi ta’sirlardan saqlab kelgan.

Şu sababli, yaponlarning madaniyati va ba’zi taraflari taşqi olam uçun hanuz sirli bölib kelmoqda. Bu yerga kelib bir muddat yaşagan odam özga sayyoraga tuşgandek böladi. Yaxşi ma’noda albatta. Ammo, yuqorida aytilganidek, Yaponiyaning qora tarafi ham bor.

Yapon mafiyasi – yakuzalar

Sokin va obod Yaponiyaning içida qönim topgan qora şarpalar. Yovuz, ammo özlarini adolatli deb hisoblaydigan, şaharlarning eng himoyasiz qismlarini dahşatga soladigan kuç. Oddiy yaponlar “yakuza” sözini şivirlab aytişadi yoki... işora bilan körsatişadi.

Kim ular – yakuzalar?

Ularning yopiq, ommaga körinmaydigan jamiyati bor. Deyarli barçasining tanasida tatuirovka bor va ba’zilarining barmoqlari yöq…

Yakuzalar haqida reportaj qilmoqçiligimizni aytganimizda, biz bilan hamkorlik qilgan yapon diplomatlari “ular bilan aloqa qilmaslikni tavsiya qilamiz”, deyişdi. Ammo biz niyatimizdan qaytmadik.