17:00 / 10.11.2019
0
13344

ETTB 2020 yilda O‘zbekistonda sezilarli iqtisodiy o‘sish bo‘lishini taxmin qilmoqda

2019 yilda O‘zbekiston YaIM 5,5 foizga va 2020 yilda 5,8 foizga o‘sadi. O‘sish sanoat va qurilish sohalarining rivojlanishi hisobiga bo‘ladi.

ETTBning "Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar" (Regional Economic Prospecs) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda eksport operatsiyalari 45 foizga oshdi, bu esa O‘zbekistonda savdoni erkinlashtirish hamda mintaqaviy integratsiyani aks ettiradi.

Shuningdek, kreditlashning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada, 60 foizdan ortiqroqqa o‘sishi kuzatilmoqda, bu infratuzilma va biznes faolligiga kiritilayotgan investitsiyalarning o‘sib borayotganligidan dalolat beradi.

2019 yilning dastlabki uch choragida mamlakatda inflatsiya 14,1 foizgacha sekinlashgan.

ETTB shuningdek, O‘zbekistonning valuta bozorini erkinlashtirishni olqishlaydi. Buning natijasida 2019 yil boshidan buyon devalvatsiya deyarli 12 foizni tashkil etdi.

"2019 yil avgust oyidan boshlab valutani tartibga solish organlari valuta kursining kunlik o‘zgarishi uchun 5 foizlik cheklovni olib tashladi va bozorga ushbu ko‘rsatkichni aniqlashga imkon berdi. Bunga qo‘shimcha ravishda, tijorat banklari tomonidan chet el valutasini sotishga ruxsat etildi", deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top