Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun 10 mln dollar ajratadi
Yevropa taraqqiyot va tiklash banki rasmiy veb-saytida «YeTTB O‘zbekistonda «yashil» investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun mablag‘ ajratadi» sarlavhali maqola e’lon qilindi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, nashrda YeTTB O‘zbekistonda «yashil» investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun 10 million AQSh dollari ajratilishi ma’lum qilingan.
«YeTTB yirik xususiy kreditorga yangi mablag‘lar taqdim etish orqali «yashil» moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va O‘zbekistonda «yashil» innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi, – deyiladi maqolada. – O‘zbekistonning II «yashil» iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF II Uzbekistan) doirasida YeTTBning 10 million dollargacha bo‘lgan mablag‘i butun mamlakat bo‘ylab korxonalar va uy xo‘jaliklariga energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha kreditlar berish hajmini kengaytirish imkonini beradi».
«GEFF II Uzbekistan» loyihasi Daniya, Niderlandiya, Shveytsariya va Buyuk Britaniya ishtirokidagi Iqlim investitsiya fondi (CIF) hamda Yaponiya, Litva va Xitoy Taypeyi ishtirokidagi inklyuziv «yashil» kreditlashni rivojlantirish bo‘yicha «Tenglik va gender harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun» multidonor hamkorlik fondi (A4EG) texnik ko‘magida moliyalashtiriladi.
«GEFF Uzbekistan II» loyihasi YeTTBning «yashil iqtisodga o‘tish (GET) yondashuvining bir qismi bo‘lib, unda bank 2025 yilga borib ko‘pchilikka tegishli «yashil» bank bo‘lishni maqsad qilgan. «GET» yondashuviga ko‘ra, YeTTB 2025 yilga borib «yashil» moliyalashtirishni 50 foizdan oshiradi. 2006 yildan beri YeTTB 49 milliard yevrolik «yashil» investitsiyalar bilan shartnoma tuzdi va yiliga 124 million tonna karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishi kutilayotgan 2600 dan ortiq «yashil» loyihalarni moliyalashtirdi. Bugungi kunga qadar YeTTB O‘zbekiston bo‘ylab 146 ta loyihaga qariyb 4,4 milliard yevro sarmoya kiritgan», - deb yozgan bank saytida joylashtirilgan maqola xulosasida.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
21:24 / 17.06.2026