Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Markaziy Osiyoda yoshlar biznesini rivojlantirishga 200 mln yevro ajratadi
Loyiha doirasida 35 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlarga mablag‘ ajratilib, treninglar va maslahat xizmatlariga jalb qilinadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda yoshlar biznesini rivojlantirishga qaratilgan dasturni ishga tushirdi.
YeTTB yetti yil ichida Markaziy Osiyodagi yosh tadbirkorlarni moliyalashtirish va treningdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun 218 mln dollar ajratadi. Dastur 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar rahbarligidagi mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Kompaniyalar mablag‘ni 20ta hamkor moliya institutlari orqali oladi. Shuningdek, dastur ishtirokchilariga treninglar, maslahat xizmatlari va turli tadbirlarda ishtirok etish imkonini beradi.
Shuningdek, xalqaro tashkilot investitsiyalari grantlar va imtiyozli qo‘shma moliyalashtirishdan iborat 30 mln yevrogacha bo‘lgan paket bilan to‘ldiriladi.
YeTTB Markaziy Osiyoda ko‘plab yoshlar tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega, ammo teng iqtisodiy imkoniyatlarga ega emasligini qayd etadi. Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, yoshlarning atigi 10 foizigina zarur ta’lim va ish ko‘nikmalariga ega.
«Bu muammoni hal qilish Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega, kichik va o‘rta korxonalar umumiy bandlikning deyarli yarmi va mintaqaviy YaIMning deyarli 40 foizini tashkil qiladi», — deya ta’kidlaydi YeTTB.
Dastur Qozog‘iston hukumati, Kichik biznes jamg‘armasi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
11:30 / 11.06.2026