Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun kapitalni 4 mlrd yevroga oshiradi
YeTTB qo‘shimcha kapitalni urush davrida ham, mamlakatni qayta qurish davrida ham Ukraina iqtisodiyotiga «katta va barqaror investitsiyalar» uchun ishlatadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) boshqaruvchilari to‘langan kapitalni 4 milliard yevroga (13 foiz) - 34 milliard yevrogacha oshirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bunday chora-tadbirlar YeTTBning Ukraina va boshqa mamlakatlardagi loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur, deya xabar berdi bank 19 dekabr, seshanba kuni.
«Qo‘shimcha aksiyadorlik kapitali urush davrida ham, tiklanish davrida ham Ukraina real iqtisodiyotiga muhim va barqaror investitsiyalarni ta’minlash uchun ishlatiladi, shuningdek, u faoliyat yuritayotgan barcha mamlakatlarda YeTTBning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi», deyiladi xabarda. Bu kapital YeTTBga urush davrida Ukrainaga 1,5 milliard yevro atrofida yillik investitsiyalarni taqdim etishda davom etish imkonini beradi va mamlakat tiklanish boshlanganidan so‘ng yiliga 3 milliard yevrogacha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ bo‘ladi.
Qaror 2024 yil oxiridan kuchga kiradi
Qaror YeTTB Direktorlar kengashining 2023 yil noyabridagi tavsiyasiga binoan qabul qilingan va 2024 yil 31 dekabrda kuchga kiradi. Joriy yilning may oyida YeTTB boshqaruvchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash hozir ham, kelajakda ham bankning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerakligini tan oldi, deyiladi bayonotda.
Bayonotda, shuningdek, YeTTB mamlakatda keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Ukrainaga 3 milliard yevrodan ortiq mablag‘ni joylashtirgani ham qayd etilgan. Bu 1996 va 2010 yillarda qabul qilingan shunga o‘xshash qarorlardan so‘ng YeTTB kapitalining uchinchi oshirilishidir.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026