2019 yilni ifodalovchi fotosuratlar.
Yakunlanib borayotgan 2019 yilda har yilgidan ko‘ra ko‘proq shov-shuvli voqealar bo‘lib o‘tdi. Quyidagi fotogalereyada yilning eng asosiy voqealari va eng muvaffaqiyatli suratlar yana bir eslab o‘tiladi. Quyidagi suratlarda yil davomida bo‘lib o‘tgan namoyishlar, siyosiy mojarolar, iqlim muammolari va Ilon Maskning yana bir ixtirosini ko‘rish mumkin.
2019 yil 14 yanvar. Donald Tramp fastfudli stol oldida. U Oq uydagi qabulda AQShda amerikacha futbol bo‘yicha talabalar chempionatida g‘olib bo‘lgan «Klemson Taygers» jamoasi a'zolarini mehmon qilgandi.
2019 yil 14 yanvar. Men shtati, Uestbruk shahridagi Presumpskot daryosida 90 metr diametrga ega disk shaklidagi muz qatlami hosil bo‘ldi. Bunday disklarni shimoliy kenglikdagi barcha daryolarda uchratish mumkin. Oqish vaqtida suvning turli haroratda bo‘lishi oqimni disk paydo qiladi.
2019 yil 15 yanvar. Nayrobidagi Dusit mehmonxonasiga terrorchilik hujumi vaqtida xavfsizlik xizmati xodimi odamlarni evakuatsiya qilmoqda.
2019 yil 23 yanvar. Chilidagi venesuelaliklar Venesuela muxolifi yetakchisi Xuan Guaydoni qo‘llagan holda Santyago ko‘chalariga chiqishgan.
Yanvar oyi oxirida Kanada va AQSh shimolida kuzatilgan kuchli sovuq havo oqimi tufayli Niagara sharsharasi muzlab qoldi.
10 mart kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Addis-Abebadan Nayrobiga parvoz qilgan Boeing-737 MAX 8 samolyoti uchishga chiqqanidan 6 daqiqa o‘tib halokatga uchradi. Bortda 33 davlat fuqarolari bo‘lgan 149 yo‘lovchi va ekipajning 8 nafar a'zosi halok bo‘ldi. Bu 5 oy ichida ikkinchi marta Boeing-737 MAX rusumli samolyot halokatga uchrashi bo‘ldi va bu holat kompaniyaning xavfsizlikka qanchalik rioya qilishini shubha ostiga qo‘ydi. Fotoda: qurbonlarning qarindoshlari aviahalokat joyida.
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern Vellingtondagi masjid yaqinida musulmon ayolni quchmoqda.
15 mart kuni Kraystcherchdagi masjidda o‘qotar qurol bilan qurollangan shaxs 50 kishini otib tashladi. Qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan Ardern hijob o‘rab keldi.
Akra shahridagi Iroq kurdlari Navro‘z bayramini nishonlamoqda. 2019 yil 20 mart
Mart oyi o‘rtalarida «Grinpis» ekologiya tashkiloti o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida jahonning eng bioxilmaxil nuqtasi sifatida ko‘riladigan Verde oroli atrofidagi hududda dengiz tubida va marjonlarda plastik buyumlar topildi. Fotoda: Verde oroli ko‘rfazida plastik stakan ichiga kirib qolgan krab.
2019 yil 3 aprel, Rossiya. Yamal-Nenetslari muxtor okrugi. Ob qo‘ltig‘idagi «G‘alabaning 50 yilligi» muzyorar kemasi.
10 aprel kuni 8ta kuchli radioteleskopni birlashtirgan Event Horizon Telescope ilmiy kollaboratsiyasi tarixda ilk bor o‘ta massiv qora tuynuk sharpasining suratini olishga muyassar bo‘ldi.
2019 yil 11 aprel. WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Londondagi Ekvador elchixonasida qo‘lga olinib sudga olib ketilmoqda.
14 aprel kuni Nepal sharqidagi aeroportda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketdi. Natijada 2 kishi halok bo‘lib, 5 kishi jarohatlandi. Tog‘lar orasidagi «Tensing-Xillari» aeroporti jahondagi eng xavfli aeroportlardan biri, uning uchish-qo‘nish yo‘lagi juda qisqa.
Parijdagi Muqaddas ona cherkovidagi yong‘in. Olov bino tomining uchdan 2 qismini, shpili va soatini yo‘q qilgan. Yong‘inga 2019 yil 15 apreldagi restavratsiya ishlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin .
«Nubiya malikasi» laqabini olgan talaba qiz Alaa Saloh Sudanning sobiq prezidenti Umar Bashirga qarshi mitingda chiqish qilmoqda.
Sudanda yarim yildan ortiq davom etgan namoyishlardan so‘ng aprel oyida mamlakatni 30 yil boshqargan Bashir hokimiyatdan chetlatildi. Dekabr oyida u 2 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
2019 yil 17 aprel. Shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg Rim papasi Fransisk bilan uchrashuvda.
2019 yil 21 aprel. Shri-Lanka harbiylari o‘nlab kishilar o‘limiga sabab bo‘lgan teraktdan keyin Avliyo Sebastyan cherkovini ko‘zdan kechirmoqda. Pasxa vaqtida sodir etilgan portlashlar tufayli mamlakatda 160dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi.
21 aprel kuni shoumen Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi saylovlarida ishonchli g‘alabaga erishdi. U mustaqil Ukraina tarixidagi eng yaxshi natijaga erishdi. Zelenskiyni saylovchilarning 73,04 foizi qo‘llab-quvvatlagandi.
2019 yil 5 may. Tailandda qirol Rama X (haqiqiy ismi — Maxa Vachiralongkorn) taxtga chiqish marosimining ikkinchi kuni. U mamlakatni 70 yil boshqargan otasi Pxumipon Adulyadetaning vafotidan keyin taxtni egalladi.
2019 yil 5 may. Moskvadagi Sheremetevo aeroportida Sukhoi Superjet 100 samolyoti yonib ketishi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi.
2019 yil 8 may. Shahzoda Harri va rafiqasi Megan qirolicha Yelizaveta II ga ikki kunlik o‘g‘lini ko‘rsatmoqda.
2019 yil 11 may. Xitoydagi Lisu xalqi vakillari Yunnan provinsiyasida yovvoyi asal yig‘moqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste'fo haqida e'lon qilmoqda. 2019 yil 24 may.
22 may kuni alpinist Nirmal Purya Everest cho‘qqisiga chiquvchilarning rekord darajadagi navbati (200dan ortiq kishi) tasvirlangan suratni namoyish etdi. 8 ming metrdan balandlikdagi tog‘dan tushishda ikki alpinist halok bo‘ldi. O‘tgan yil bahorida Everestga chiqib tushish vaqtida halok bo‘lganlarning soni jami 11 nafarni tashkil etdi. Nepal hukumati tomonidan tuzilgan maxsus komissiya toqqa ko‘tarilish istagidagilar uchun talablarni qat'iylashtirdi.
3 iyun kuni Bukingem saroyida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida tushlik marosimi bo‘lib o‘tdi. Trampning birlashgan qirollikka tashrifi uch kun davom etdi. Bu tashrif amerikaliklar prezidentining Yevropaga turnesining bir qismi bo‘ldi, tashrif yakunida prezident 1944 yilda ittifoqchi kuchlarning Normandiyaga desant tashlashining 75 yilligi marosimlarida qatnashdi.
Fransiyaning Sannervil shahrida 280 nafar parashyutchi ishtirokida tarixiy rekonstruksiya.
6 iyun kuni Yevropa davlatlari, AQSh va Kanada ittifoqchilarning Normandiyaga desant tushirishining 75 yilligini nishonlashdi.
9 iyun kuni Indoneziyaning Sumatra orolida Sinabung vulqoni uyg‘ondi. Undan ko‘tarilgan tutun ustuni 7 ming metrgacha yetdi. Vulqondan jabrlanuvchilar bo‘lmadi.
11 iyun kuni «Meduza» jurnalisti Ivan Golunov ozodlikka chiqdi. U narkotik savdosida ayblangan, ammo uning aybi isbotlanmagandi. Jurnalistni tergov boshqarmasi oldida hamkasblari bilan birga Margo laqabli iti kutib oldi. Ivan Golunov politsiya tomonidan 6 iyun kuni qo‘lga olingandi. IIV matbuot xizmati uning kvartirasini tintuv qilish vaqtida narkotiklar topilgani haqidagi suratlarni tarqatdi, ammo bu suratlar jurnalistning uyida olinmagandi. «Golunov ishi» Rossiya jamoatchiligida ham, xorijda ham katta rezonansga sabab bo‘ldi, jurnalistlar, artistlar va boshqa jamoat arboblari uning ozod qilishini talab qilib chiqishdi.
Moskvada Ivan Golunov himoyasi uchun o‘tkazilgan marsh ishtirokchilari politsiya va Rosgvardiya tomonidan tarqatilmoqda. 2019 yil 12 iyun
2019 yil 13 iyun. Eron va Arab davlatlari o‘rtasidagi Fors ko‘rfazida joylashgan Ummon bo‘g‘ozida hujumga uchragan neft tankeri.
Grenlandiyaning Kaanaak munitsipalitetidagi suv bilan qoplangan muzlik. 2019 yil 13 iyun.
Adashib qolgan oq ayiq sanoatlashgan Norilsk ko‘chalarini kezmoqda. 2019 yil 17 iyun.
Gruzin maxsus kuchlari rossiyalik deputatning Tbilisiga tashrifidan norozi odamlarni parlament binosidan surib tashlamoqda. 2019 yil 21 iyun.
Iyun oyi oxirida Primore o‘lkasida noqonuniy ovlanib, «kitlar qamoqxonasi»ga solingan kitlar ozod qilish ishlari boshlandi. Bu jarayon 10 noyabr kuniga kelib tugallandi.
Genuyadagi 2018 yil mayida qulab tushib 43 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan Morandidagi ko‘prik portlatilmoqda. 2019 yil 28 iyun
AQSh prezidenti Donald Tramp 30 iyun kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvda.
Tramp KXDR bilan chegarani kesib o‘tgan AQShning birinchi prezidenti bo‘lgandi.
Irkutsk oblastidagi Tulun shahri suv toshqini ostida qoldi, jami 20 kishi halok bo‘ldi. 2019 yil 2 iyul.
Hindistonning Mumbay shahridagi zilziladan keyin. 2019 yil 16 iyul.
Gvatemalalik migrant Leti Peres o‘g‘lini quchgan holda Meksika Milliy gvardiyasi jangchisiga chegaradan o‘tkazishni so‘rab o‘tinmoqda. 2019 yil 22 iyul.
Moskvada bir necha ming kishi erkin saylovlar uchun norozilik namoyishlariga chiqishdi. 2019 yil 27 iyul
Krasnoyarsk o‘lkasidagi o‘rmon yong‘inlari vaqtida parashyut bilan taygaga sakrayotgan o‘t o‘chiruvchi. Sibirda va Uzoq Sharqda yozdagi yong‘inlar tufayli 3 million gektar o‘rmon yonib ketdi. 2019 yil 31 iyul
Krasnoyarsk o‘lkasidagi Achinsk shahri ahli Kamenka harbiy qismidagi snaryadlar portlashini kuzatmoqda. 2019 yil 5 avgust.
Kashmirdagi namoyishlar vaqtida tikonli niqob kiygan kishi.
Avgust oyi boshida Hindiston parlamentining Jammu va Kashmir shtatlari muxtoriyatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaroridan keyin u yerda namoyishlar boshlanib ketgandi.
«Uralskiye avialinii» aviakompaniyasining A321 samolyoti Moskvadagi Jukovskiy aeroporti yaqinidagi jo‘xori dalasiga qo‘ngan holat. Bu qo‘nish «kukuruzdagi mo‘jiza» nomini oldi. 2019 yil 15 avgust.
Honkongdagi namoyish ishtirokchisi tennis raketkasi bilan politsiya uloqtirgan ko‘zdan yosh oqizuvchi granatani qaytarmoqda. 2019 yil 25 avgust
Baham orollaridagi Katta Abako orolida vayron bo‘lgan uy
Sentabr oyida «Dorian» bo‘roni oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi - bu orollar tarixidagi eng kuchli va halokatli tabiiy ofat edi.
Kaliforniyada o‘t o‘chiruvchilar ishi. O‘tgan yil Amerikaning eng yirik shtatida yuzlab kvadrat kilometrlarni yong‘inlar qamrab oldi va minglab kishilarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.
Braziliyadagi mahalliy guajajara xalqi vakili noqonuniy o‘rmon kesuvchilarning yonayotgan lageri yaqinidan o‘tmoqda.
Mamlakat prezidenti Jaira Bolsonaro Amazonka vodiysining tub aholisi taqdiriga befarqligi uchun tanqidlarga uchradi.
2019 yil 7 sentabr. Rossiyada terrorizmda ayblanib qamalgan ukrainalik rejissyor Oleg Sensov Kiyevga qo‘ngan samolyotdan tushmoqda. U Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi asirlar almashinuvi doirasida vatanga qaytdi.
29 sentabr kuni Parijda Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marhum siyosatchini so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun minglab fransuzlar kelishdi. Jak Shirak 1995 yildan 2007 yilga qada Fransiya prezidenti bo‘lgan.
Suriya shimolidagi Ras-al-Ayn shahri. Orqa fonda avtomobil shinalari yoqilishi - bu orqali turklar aviatsiyasi parvoziga xalal berish mo‘ljallangan.
Honkong politsiyasi vodomyotlar orqali namoyishchilarni tarqatmoqda.
Bu orolda yil bo‘yi demokratik erkinlik himoyasi uchun millionlab kishilar mitinglar uyushtirishdi va bu aksiyalar hamon davom etmoqda.
Afg‘oniston prezidentligiga nomzod Abdulla Abdullani qo‘llab-quvvatlabo‘tkazilgan miting.
Saylovlar sentabr oyida o‘tkazilgan bo‘lsada, uning natijalari dekabr oyi oxirida e'lon qilindi.
Rossiyadagi muxolifat tarafdori namoyish vaqtida RF Konstitutsiyasini tutib turibdi. 2019 yil 13 oktabr
KXDR yetakchisi Kim Chen In oq tulporda Xitoy bilan chegaradagi Pektusan tog‘iga ketmoqda. 2019 yil 16 oktabr
Chili poytaxti Santyago shahrida hukumatga qarshi namoyishchilar maxsus kuchlarga qarshi lazerlardan foydalanmoqda. 2019 yil 1 noyabr.
Venetsiyadagi Gritti Palace mehmonxonasi suv toshqini vaqtida. 2019 yil 12 noyabr.
Ilon Mask o‘q o‘tmaydigan Cybertruck elektropikapini namoyish etdi. 2019 yil 21 noyabr
Avstraliya sharqida fermer qo‘ylarini boqmoqda.
2019 yil ushbu materikda kuchli qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari bilan yodda qoldi.