Yakunlanib borayotgan 2018 yilda har yilgidan ko‘ra ko‘proq shov-shuvli voqealar bo‘lib o‘tdi. Quyidagi fotogalereyada yilning eng asosiy voqealari va eng muvaffaqiyatli suratlar yana bir eslab o‘tiladi. Unda o‘quvchi Ilon Mask kosmosga olib chiqqan avtomobildan tortib, O‘zbekistondagi avtomobillar yangi yil arafasida o‘ziga xos fleshmob doirasida archa tasvirini hosil qilishganini ko‘rishi mumkin.

Menahem Kahana / AFP / Scanpix / LETA

Qushlar migratsiyasi. Isroil. 2018 yilning 22 yanvari
 

Foto: OFK

2018 yil, 27 yanvar. Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
 

SpaceX

6 fevralda Space X kompaniyasi dunyodagi eng og‘ir raketa-tashuvchi Falcon Heavy raketasining ilk parvozini amalga oshirdi. Raketa bortiga kompaniya rahbari Ilon Maskning qizil rangdagi Tesla Roadster mashinasi joylashtirildi.
 

Billy H.C. Kwok / Getty Images

2018 yilning 8 fevrali. Tayvandagi zilzila oqibatlari. 6,4 magnitudali zilzila oqibatida Tayvan sayyohlik markazi binosi va yana to‘rtta bino qulab tushdi. Yuzdan ortiq kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar jarohatlandi.
 

Martin Bureau / AFP / Scanpix / LETA

Fevral oyida Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki olimpiada o‘yinlari o‘tkazildi. Doping mojarosi tufayli Rossiya turnirdan chetlatildi, ammo rossiyalik sportchilarga Olimpiya atletlari bayrog‘i ostida ishtirok etishga ruxsat berildi