Tesla va SpaceX asosçisi, amerikalik milliarder Ilon Mask e’lon qilinmagan taşrif bilan Pekinga keldi, deb xabar berdi Reuters 28 aprel, yakşanba kuni.
Taşrifdan közlangan maqsad Xitoyning yuqori martabali amaldorlari bilan uçraşib, avtonom avtomobillar uçun dasturiy ta’minotni Xitoy bozorida joriy etiş, şuningdek, ma’lumotlarni xorijga uzatişga ruxsat beriş masalalarini muhokama qilişdir, deb yozadi naşr.
Xitoy davlat matbuotiga köra, Mask Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan bilan uçraşgan. Xitoy boş vaziri Tesla kompaniyasining XXR bozoridagi rivojlanişini AQŞ-Xitoy iqtisodiy va savdo hamkorligi muvaffaqiyatli namunasi sifatida köriş mumkinligini ta’kidlagan.
Xitoyda avtonom avtomobillar uçun dasturiy ta’minot
Tesla kompaniyasining özini özi boşqaradigan avtomobillar uçun dasturiy ta’minoti (FSD) bozorga 4 yil avval taqdim etilgan, biroq u hali Xitoyda mavjud emas. 2024 yilning aprel oyida Mask uşbu avtopilot dasturi «tez orada» xitoylik mijozlarga taqdim etilişiga va’da bergan edi.
Ma’lumotlar uzatiş masalasi böyiça, Reuters suhbatdoşi tuşuntirganidek, Mask avtonom haydaş algoritmini yanada takomillaştiriş uçun Xitoyda töplangan ma’lumotlarni AQŞga ötkazişga ruxsat olmoqçi. Xitoy milliy regulyatorining talablariga muvofiq, 2021 yildan boşlab Tesla Xitoyda töplangan barça ma’lumotlarni Şanhayda saqlaydi.
Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Mask, öz navbatida, Pekin avtosaloni taşkilotçisi bölgan Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantiriş kengaşiga rahbarlik qiluvçi hukumat amaldori Ren Xunbin bilan ham uçraşgan.












