Miyamizni öğirlaşlari mumkin – Ilon Mask kompaniyasi inson miyasini öqiş ustida işlayaptimi?
|20:49 / 01.05.202411 13610 min
Inson miyasiga çip örnatiş orqali undagi fikrlarni öqiş ustida harakatlar boşlab yuborilgan. Agar bular amalda qöllana boşlasa, inson miyasi ortiq maxfiy bölmay qoladi. Undan istalgan axborotni oliş mumkin böladi.
Milliarder Ilon Maskka tegişli saltanat haqida bilmaydiganlar topilmasa kerak: Tesla maşinalari, SpaceX raketalari, Twitter ijtimoiy tarmoği, Mars sayyorasini koloniyalaştiriş harakatlari. Hammasidan ham miya çiplari bilan şuğullanuvçi Neuralink kompaniyasi xavfliroq bölişi mumkin.
Neuralink qanday kompaniya?
Bu kompaniya miyasiga çip örnatilib, fikr kuçi bilan kompyuter yordamida muloqot qila boşlagan Nolan Arbo kabi falajlikka çalingan kişilarga yordam beradi. Nolan miyasiga çip qöyişga rozilik bildirgan birinçi şaxs böldi. Falajlikka duçor bölgan şaxslarning miyasiga örnatilgan çiplar orqali ular boşqalar bilan fikr kuçi yordamida muloqot qila olişi mumkin, çiplar bunga yordam beradi.
2016 yilda işga tuşirilgan kompaniya 2019 yilda miyaga implant qöyiş uçun egiluvçan "iplar" va implant qiliş uçun xuddi tikiş maşinasiga öxşaş körinişdagi robot ixtirosi haqida ma’lum qildi. Ğoyaga köra, implant "iplar" falaj bölgan kişining miyasiga örnatilib, uning miyasidagi signallarni öqiydi va undagi ma’lumotlarni kompyuter yoki iPhone qurilmasiga uzatib turadi. Buning uçun nimanidir bosiş, yoziş kerak bölmaydi.
2023 yilda esa Neurolink AQŞ oziq-ovqat va farmatsevtika nazorati idorasidan (FDA) odamlar ustida tadqiqot ötkazişga rozilik olganini ma’lum qilgan. Öşanda implant – taşqi qurilma miyani boşqariş imkonini beriş-bermasligini örganiş uçun falaj bölib qolgan köngillilar izlangandi.
Nihoyat, yanvar oyida ilk insonning miyasiga çip örnatilgani haqida xabar berildi. U fikr kuçi yordamida tvit yozdi, şaxmat öynadi.
Agar texnologiya insonlar hayotini yaxşilaş haqida öylasa, bu juda yaxşi. AQŞning özida falajlikka duçor bölgan 5,4 mln odam bor.
Biroq faqatgina şol bölib qolganlarga yordam berişning özi Maskning maqsadi bölmasligi, balki bu uzoq muddatli yovvoyi ambitsiyalarga erişiş yölidagi şunçaki bir qadam bölişi
Ilon Maskning maqsadi kattaroq. Avvalroq özi ma’lum qilganidek, insoniyatning sun’iy intellekt bilan birlaşişiga erişiş. Şunda SI taraqqiy etgani sari inson ham "orqada qolib ketmaydi".
Bu texnologik taraqqiyot ma’lum xavflarga ham olib kelişini tuşuniş lozim. Neuralink kompaniyasining sobiq xodimlari, bu sohadagi ekspertlar kompaniya sun’iy intellekt bilan uyğunlik yölida potensial xavfli yondaşuvni tanlaganidan xavotir bildiryapti.
Ularga köra, implantlar miyaga zarar yetkazişi ( aftidan, hayvonlar bilan bölgan tadqiqotlarda bu kuzatilgan) mumkin.
Biroq Neuralink bu izohga javob bermagan.
Umuman, jamiyat uçun Neuralink kompaniyasidan ham taşqariga çiqadigan axloqiy xavflar ham mavjud. Bir qator kompaniyalar inson miyasiga ulanadigan texnologiyani işlab çiqmoqda, bu bizning ongimizda nimalar sodir bölayotganini dekodlaşi mumkin va aqliy maxfiylikni buzişi, avtoritar kuzatuvni kuçaytirişi mumkin. Biz sodir bölayotgan voqealarga özimizni tayyorlayverişimiz kerak.
Ötgan yili mart oyida mingdan ortiq ekspertlar qatori Ilon Mask ham sun’iy intellekt sabab sivilizatsiya ustidan nazoratni yöqotiş xatari tufayli oçiq xat imzolagan edi. Maktub mualliflarining fikriga köra, hatto «qudratli raqamli ong»ni yaratuvçilar ham ularni boşqara olmaydi va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlaşa boşlaydi. Şuning uçun xavfsizlik protokollari örnatilgunga qadar sun’iy intellektni işlab çiqariş jarayoni töxtatib turilişi kerak degan fikr ilgari surilgandi.
Ilon Maskning öşa maktubni imzolagan boşqalardan farqi şundaki, uning fikriga köra, xavfning oldini olib bölmasa, unda unga qöşiliş kerak.
Qanday qilib?
Ilon Mask fikriga köra, soniyasiga trillion bit tezlikda ma’lumot uzatadigan sun’iy intellekt soniyasiga 39 bit sekund tezlikda muloqot qila oladigan odamga juda balanddan qaray boşlaydi, sun’iy intellekt uçun biz, ya’ni odamlar foydasiz bölib tuyula boşlaymiz. Biroq biz ham ularga öxşay boşlasak bunday bölmaydi.
Buning uçun esa Ilon Maskning fikriga köra, odamlar ham SI bilan bir xil tezlikda fikrlay olişi kerak.
Sal oldinroqqa ötib fikrlab körsak, şunda kompyuterlar miyadan ma’lumot olib öqiş tezligiga ötganini köriş mumkin. Bu, aslida, Ilon Maskning miya çiplari bilan şuğullanuvçi kompaniyasi Neuralinkʼni harakatga keltirgan ğoya hisoblanadi.
Neuralink qurilmasi 1024 elektrod bilan jihozlangan miya implantatsiyasi bölib, u köplab neyronlardan signallarni qabul qila oladi. Qançalik köp elektrod bölsa, şunçalik köp neyronlarni tinglaş mumkin va köproq ma’lumot oliş imkoni böladi. Bundan taşqari, qurilma uşbu neyronlarga qançalik yaqin bölsa, ma’lumotlar sifati şunçalik yuqori böladi.
Neuralink qurilmasi esa neyronlarga juda yaqin joylaşadi. Kompaniyaning uni implantatsiya qiliş tartibi boş suyagida teşik oçiş va miyaga kirib borişni talab qiladi.
Ammo buning uçun kamroq ekstremal usullar ham mavjud. Boşqa kompaniyalar buni isbotlamoqda. Neuralink insonning jismoniy imkoniyatini tiklaş uçun miya-kompyuter interfeysi ustida işlayotgan yagona kompaniya emas.
Synchron, Blackrock Neurotech, Paradromics va Precision Neuroscience kabi kompaniyalar ham şu iş ustida işlamoqda. AQŞ armiyasi ham bu bilan şuğullanmoqda.
Oxirgi yillarda falaj insonlarning miyasidagi fikrlarni nutqqa aylantirib beradigan implantlarga oid tadqiqotlarning sarlavhalari köplab e’lon qilinyapti. Masalan, Mark Tsukerburgga tegişli Meta kompaniyasi ham inson neyronlaridan fikrlarni öqib olib ularni töğridan töğri fikrga aylantiradigan miya-kompyuter interfeysi ustida işlayotganini ma’lum qilgan.
Neuralink hozirgi yondaşuvini tanlagunga qadar — boş suyagida teşik oçiş orqali implantatsiya qiliş varianti — boşqaçaroq variantni ilgari surgandi. Unga köra, bu yondaşuv tomir içidan implantni yuborişdan iborat bölgan. Ya’ni bunda arteriya orqali miyaga qurilma yetkazib berilişi kerak edi.
Biroq 2019 yilda Neuralink bu yondaşuvni rad etib, "iplarni" töğridan töğri miyaga joylaştiradigan murakkab jarrohlik amaliyotini tanladi.
Agar tomir orqali ham implant joylaştiriş imkoni bölsa, nega undan murakkabroq miya jarrohligi usuli tanlangani haqida Neuralink izoh bermagan. Lekin miyadagi jarrohlik sabab miyada yalliğlaniş, çandiq töqimalari paydo bölişi kabi xavflar ham bor.
2018 yilda Neuralink kompaniyasida tomir orqali implant örnatiş loyihasiga rahbarlik qilgan Xirobumi Vatanabega köra, kompaniyaning nozikroq usulni tanlaganining sababi imkoniyatlarni maksimal kengaytirişdan iborat, köproq elektrokod bilan ötkazuvçanlikni oşirişga qaratilgan.
Jamiyat mezonlari buziladimi?
Neuralink kompaniyasi özi operatsiya ötkazadigan odamlarga nisbatan sodir etişi mumkin bölgan jismoniy ta’sirdan taşqari miya-kompyuter interfeys texnologiyalarining xavotirga tuşişga sabab böladigan jamiyat uçun xavflari ham bor.
Agar Mask da’vo qilganidek, bu texnologiyalar miyamizga mislsiz darajada kirib borib, uning içidagi hamma narsani öqiş imkoniga ega bölsa, buning oqibatlarini ham hisobga oliş zarur. Ba’zi neyroetiklar bu imkoniyatdan notöğri maqsadlarda foydalaniş xavfi şunçalik kattaki, oldinga siljiş uçun nimadir qilişdan oldin inson huquqlarini yangilaş kerak deb hisoblaydi.
Sababi unutmaslik kerakki, insonning miyasi — maxfiylikning eng oxirgi çegarasidir. Ular bizning şaxsif identifikatorlarimiz va hali heç kim bilmaydigan fikrlarimiz yaşaydigan joydir. Agar boş suyagimizni içidagi şu 3 fut şilimşiq jismga ham egalik qilolmasak, bu nima gap axir?
Biroq allaqaçon şu maxfiy hududga kirişga harakatlar boşlanib ketgan. Xitoy hukumati ba’zi xodimlarning hissiy holatini biliş maqsadida ularning boşiga qalpoq kiydirib, miya tölqinlarini öqişni yölga qöygan. AQŞ harbiy kuçlari esa askarlarni huşyorlikka undaydigan neyrotexnologiyalardan foydalanadi.
Dunyo böylab ba’zi politsiya bölimlari "miya barmoq izlari" texnologiyasini örganmoqda. Bu texnologiya biz özimizga taniş hissiyot bilan uçraşganimizda miyamizda avtomatik ravişda sodir böladigan javoblarni tahlil qiladi. Ğoya şundaki, bu politsiyaga gumonlanuvçining miyasini söroq qilişga imkon beradi. Ularning miya javoblari özlari tanimaydigan yuzlar yoki iboralarga nisbatan tanigan yuzlar yoki iboralarga qaraganda köproq salbiy böladi. Miya barmoq izlarini oliş texnologiyasi ilmiy jihatdan şubhali bölsa-da, Hindiston politsiyasi uni 2003 yildan beri işlatib kelmoqda, Singapur politsiyasi esa 2013 yilda sotib oldi, Florida ştat politsiyasi 2014 yilda işlatiş uçun şartnoma imzoladi.
Tuşunarliroq bölişi uçun aytiş mumkinki, bu kabi texnologiyalar davrida miyangiz ortiq şaxsiy bölmay qoladi. Undagi ma’lumotlarni öqiş mumkin.
Bundan taşqari, mutaxassislar Neuralink kabi kompaniyalari tomonidan yaratilayotgan qurilmalar hakerlik hujumiga moyil bölişidan ham xavotirda. Masalan, agar siz bunday qurilmani işlatayotgan bölsangiz va yovuz niyatli şaxs Bluetooth aloqasini uşlab, miyangizga boradigan signalni özgartirib, sizni yanada köproq depressiyaga solsa yoki itoatkor qiliş uçun foydalansa nima böladi?