13:53 / 13.03.2020
7944

Dehqon bozorida ayol kishi zargarlik buyumlarini olib qochdi

Farg‘onadagi dehqon bozorida ayol kishi zargarlik buyumlarni olib qochdi

2020 yilning 9 mart kuni soat 09:00larda Farg‘ona viloyati Furqat tumani Navbahor shaharchasi hududidagi dehqon bozorida 35 yoshli A.D. 29 yoshli G.B.ga nisbatan kuch ishlatish bilan qo‘rqitib, umumiy qiymati 9 072 000 so‘mlik qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib, hodisa joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma'lumotda aytilishicha, A.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Top