Prezident yer öta çeklangan şaroitda bor infratuzilmani vertikal östiriş orqali sanoat va savdoni rivojlantiriş zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

«Masalan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytiriş, Yunusobod kiçik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta quriş hisobiga qöşimça maydonlarni hosil qiliş imkoniyatlari körsatib ötildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat obektlarini xatlovdan ötkazib, ularning örnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli iş örni yaratadigan loyihalarni joylaştiriş dasturini tasdiqlaş topşirildi.

Ijtimoiy sohada xususiy şeriklik loyihalarini köpaytiriş orqali ham iş örinlarini yaratiş mumkinligi ta’kidlandi.

Masalan, tumandagi 7-sonli şahar şifoxonasi uçun 200 örinli yangi bino quriş çözilib kelyapti. Yangi bino işga tuşsa, undan böşaydigan 4,7 gektarda xususiy şeriklik asosida koreyalik investorlar 160 million dollarlik 420 örinli zamonaviy köp tarmoqli klinika quriş taşabbusini bergan.

Mutasaddilarga şahar şifoxonasi qurilişini jadallaştirişga körsatma berildi.

  • Bundan oldinroq prezident Toşkent şahrining Amir Temur şohköçasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qiliş va savdo obektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar quriş uçun tadbirkorlarga berişni taklif etgani xabar qilingandi.