14:01 / 19.03.2020
7747

Tanqidga munosabat: Andijon shahridagi «Klinika chorrahasi» ta'mirlandi

Shu yilning 25 fevral kuni Kun.uz saytida Andijon shahridagi Bobur va Otabekov nomli ko‘chalari kesishgan serqatnov chorrahasidagi yo‘l juda yomon holatdaligi haqida «Andijon shahridagi «chiroyli yo‘l: Yo‘l fondiga tushadigan mablag‘lar qayerga sarflanmoqda?» sarlavhali material e'lon qilingandi.

Maqolada mazkur chorrahaning Otabekov ko‘chasidan qayrilish qismi nosoz holga kelib qolgani, yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqirliklar tirbandliklarga, behuda vaqt sarflash, asabbuzarlik va yo‘l harakati qoidalari buzilish holatlariga sabab bo‘layotgani tilga olingandi.

Andijon shahar hokimligi tanqidiy maqolada ko‘rsatilgan kamchiliklarni ijobiy hal qilishga urinib, tez fursatlarda bartaraf etgan.

Oradan ikki hafta o‘tib, shahar hokimligi hamda avtomobil yo‘llariga mas'ul tashkilotlar tomonidan chorrahaning nobop qismi to‘la ta'mirlangan.

Sayt muxbiri ushbu chorrahada bo‘lib, ta'mirlangan yo‘l suratlarini taqdim etdi.

Mavzuga oid
Top