Tirbandlik darajasi va YTHlar soni köpligi sabab Andijon şahrining Bobur şohköçasida joylaşgan “Mumtoz” savdo majmuasi oldidagi çorrahada yangi yerosti yöli qurilişi reja qilinyapti. Bu haqda Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi viloyat IIB YHXB ötkazgan press-turdan xabar berdi.
Qayd etilişiça, bu çorrahadan bir sutkada 35 mingdan ziyod transport vositasi, 82 ming nafarga yaqin piyoda ötadi. Kunning asosiy qismida – ertalab 7:00 dan keç 19:00 gaça tirbandlik juda yuqori böladi.
“2023 yil davomida mazkur çorrahada piyodalar iştirokida 23 ta yöl-transport hodisasi yuzaga kelgan. Buning natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan bölsa, 27 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan”, deyiladi xabarda.
Uyuşmaning ta’kidlaşiça, viloyat YHXB yerosti ötiş yölini quriş böyiça taklif va loyiha işlab çiqib, hokimlik hamda tegişli taşkilotlarga taqdim etgan. Jami qiymati 8 milliard 215 million sömga teng bu loyiha doirasida uzunligi 60 metr, eni 4 metrli yerosti ötiş yöli barpo etilişi mumkin.
Şuningdek, boşqarma ötkazgan press-turi davomida jurnalistlar Xöjaobod tumani dehqon bozorida bölişgan. Aytilişiça, hozirda hududda 4 milliard 950 million sömga teng loyiha doirasida uzunligi 30 metr, eni 4 metr bölgan yerosti ötiş yöli qurilyapti.
Ma’lumotlarga köra, bozor yonidan ötuvçi Andijon – Öş magistral avtomobil yölidan bir sutkada 80 mingdan ortiq piyoda hamda 35 mingdan ortiq transport vositasi ötadi. Bu yöl atrofi va yaqinida 100 ga yaqin savdo, xizmat körsatiş, ijtimoiy soha obekti faoliyat olib boradi. Yölning bozor hududidagi qismida ötgan yili yuz bergan yöl-transport hodisalari natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan, 12 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.












