Andijon şahridagi «çiroyli» yöl: Yöl fondiga tuşadigan mablağlar qayerga sarflanmoqda?
Andijon şahridagi «çiroyli» yöl: Yöl fondiga tuşadigan mablağlar qayerga sarflanmoqda? Andijon şahridagi eng serqatnov çorrahalardan biri atrofida har kuni tirbandlik kuzatiladi. Bunga sabablardan biri yöllar holati yomonligidir. 👉 https://kun.uz/53354605
Posted by
on Monday, February 24, 2020
Andijon şahridagi haydovçilar murojaati böyiça şahardagi Bobur va Otabekov köçalari kesişgan serqatnov çorrahada böldik. Mahalliy aholi «Klinika çorrahasi» deb ataydigan tört köça kesişmasida ertalab ham, keçqurun ham qariyb bir kilometrga çöziladigan tirbandlik hosil böladi.
Çorraha bir tomondan Andijon, Izboskan va Paxtaobod tumanlari, yana bir tomondan Oltinköl tumani, Qöşariq dahasi va Bobur şohköçasini boğlab turadi.
Mazkur çorrahada Otabekov köçasi boşida qayrilib olib, harakatni öng tomonga davom ettiruvçi 222, 33 va eski şahar yönalişdagi avtomaşinalar va boşqa yöllardan keluvçi haydovçilar uçun yölning nosoz qismi turli noqulayliklarni keltirib çiqarmoqda. Yöldagi önqir-çönqirliklar tirbandliklar, behuda vaqt sarflaşlar, asabbuzarliklar va yöl harakati qoidalari buziliş holatlariga sabab bölmoqda.
Ayniqsa, yoğingarçilik kunlarida yölning bu qismi öta açinarli holatga kelib qoladi.
Yönalişdagi avtomaşinalar haydovçilari holat böyiça munosabatlarini bildirişdi.
«Körib turganingizdek, juda «çiroyli» yöl. Heç bölmasa tekislovçi «greyder»da surdirib qöysa ham mayli edi. Yöl fondiga yoqilğilardan pul olişyapti-ku? Töğrilab berişsa, yaxşi bölardi».
«Bu yöl asfalt qilinganiga bir oy böldi. Asfaltni loyning ustiga bosib ketişdi. Yana şu holatga qaytdi».
«Yöllarimiz çatoq. Buning ustiga kameralar işlayapti. Tuşsak, jarima tölayapmiz. Yölni töğrilab berişlarini söraymiz».
Andijon şahridagi bu gavjum çorraha viloyatning turli ijtimoiy soha obektlariga olib boradigan yöllarni özaro boğlagan. Xususan, ADTI klinikasiga Otabekov köçasi orqali boradigan transport vositalari aynan şu yöldan ötadi. Bu maşinalar haydovçilari ham yöl nosozligidan aziyat çekişmoqda.











