16:31 / 27.03.2020
38569

Boris Jonson koronavirus yuqtirib oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusdan zararlangan. Bu haqda uning o‘zi tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.

Foto: EPA/Vostock-photo

«So‘nggi 24 soatda menda yengil simptomlar paydo bo‘ldi va koronavirusni aniqlash bo‘yicha test natijasi ijobiy chiqdi», — degan Jonson.

Ayni vaqtda 55 yoshda bo‘lgan siyosatchi videomurojaati yakunida barchani uyda qolishga chaqirgan.

U Dauning-stritdagi qarorgohida karantinda qolmoqda, ammo hukumatni videokonferensiya aloqa orqali boshqarmoqda.

  • 25 mart kuni Britaniya taxti vorisi — 71-yoshli shahzoda Charlzga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi. Ayni vaqtda Shotlandiyada bo‘lgan shahzoda va rafiqasi o‘zlarini izolyatsiya qilishgan.
  • 27 mart holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 11658 kishida koronavirus aniqlangan, bemorlarning 578 nafari vafot etgan, 135 kishi tuzalgan.
  • Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, qirolicha Yelizaveta II koronavirus tufayli millatga telemurojaat qilishga tayyorlanmoqda. Bu uning 68 yillik boshqaruvi davrida to‘rtinchi marta rejadan tashqari telemurojaati bo‘lishi mumkin.
  • Buyuk Britaniyada 23 mart kuni 3 haftalik karantin joriy etilgandi.

 

Mavzuga oid
Top