«Hukumat va tibbiyot tavsiyalariga asosan, şahzod va gersoginya (şahzodaning rafiqasi Kamilla Parker Boulz Kornualskaya) Şotlandiyadagi uyida karantinga olingan. Şahzodaning kimdan virusni yuqtirib olgani ma'lum emas, lekin sönggi haftalarda omma oldiga köp çiqqani va haddan ziyod köp topşiriqlarni bajargani tufayli koronavirus bilan kasallangan bölişi mumkin», deyiladi Vestministr rezidensiyasi axborotida.
Yanvarda Xitoyning Uhan şahrida tarqala boşlagan koronavirus bugunga kelib dunyoning aksar mamlakatlariga kirib bordi. Xitoyning özida virus çekinayotgan bir vaqtda Italiya, Ispaniya va Eron kabi davlatlar koronavirusning yangi tarqaliş öçoqlari aylangan.
- 25 mart holatiga köra, butun dunyoda 190dan ortiq mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 460 mingdan oşib ketdi, şundan 113 mingdan ortiq kişi tuzalgan, 21 mingga yaqin kişi virus qurboniga aylangan.
Virusni yuqtirganlar orasida dunyoga taniydigan maşhurlar ham bor. Ha, virus odam tanlamaydi, unga neçta oltin medalingiz borligi, neça marta «Oskar» mukofotini qölga kiritganingizning qiziği yöq. U özini ehtiyotlamagan har kimga yuqaveradi...
19 mart kuni Monako knyazi Alber II koronavirus yuqtirgani ma'lum böldi. Grimaldi sulolasi vakillari ayni vaqtda knyazning ahvoli yaxşiligini bildirişgan. Virus Monako yetakçisining hayotiga xavf solayotgani yöq.

© Pierre-Emmanuel Deletree/Pool Photo via AP
Şu haftada Germaniya kansleri Angela Merkel ham koronavirus ehtimoli tufayli özini izolyatsiya qilgandi. Uni 20 mart kuni emlab qöygan şifokorda koronavirus tasdiqlangaç, u şunday qarorga kelgan.
Hukumat rasmiysi Şteffen Zaybergning xabar qilişiça, sönggi kunlarda u ikki marta test topşirdi va ikki safar ham unda kasallik aniqlanmadi. Kansler payşanba kuni «Katta yettilik» va «Katta yigirmatalik» sammitlarida iştirok etişga taraddudlanmoqda. Bu ikki sammit videoaloqa orqali ötkaziladi.
Şuningdek, Yevropa Ittifoqining içki bozor masalalari böyiça komissari Mişel Barne ham koronavirus yuqtirgani ma'lum böldi. Barne Fransiyadagi öz uyida karantinda ötiribdi. U yevropaliklarni ehtiyot bölişga va sababsiz köçaga çiqmaslikka çaqirib, «virusga qarşi jangda faqat hamjihatlikda ğalaba qozona oliş mumkinligi»ni aytmoqda.
12 mart kuni Hollivud yulduzi Tom Henks va uning rafiqasi Rita Uilson Avstraliya safarida yurganida koronavirus yuqtirgani xabar qilingandi. Aktyor va uning rafiqasi Avstraliyadagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan va davolaş amaliyoti ötqazgaç, 17 mart kuni uyiga javob berilgan.

«Salom, bolalar. Xuşxabar! Bizda virus aniqlangandan bir hafta ötib men özimni yaxşi his qilyapman. Virus kuçayib ketmadi, alomatlari hali ham öşa-öşa. Harorat kötarilişi yöq, şunçaki özimni biroz noqulay his qilmoqdaman. Yomon xabar şuki, karta öyinida xotinimga nuqul yutqazyapman», deb yozdi Tom Henks ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. «Forest Gamp» filmidagi roli bilan maşhur bölgan bu aktyor postida hazillaşganiga qaraganda ahvoli yaxşi.
Koronavirus Kanada boş vaziri Jastin Tryudo oilasini ham çetlab ötmadi. Tryudoning rafiqasi Sofi Greguar Britaniya safaridan qaytgaç, unda kasallik alomati aniqlangan. Oqibatda Kanada boş vaziri ham karantinga olindi, rafiqasini esa davolanişga yotqizişdi. Tryudo ayni jamda mamlakatni uyidan turib boşqarmoqda.

Koronavirusdan britaniyalik aktyor Idris Elba ham qoçib qololmadi. U bilan uçraşgan odamda koronavirus aniqlanganidan keyin aktyorning özi ham vraçga boradi. Aktyor koronavirusni aniqlaş uçun test topşirganda unda avvaliga virus alomatlari çiqmadi, şu bois u özi koronavirusga çalingani haqida ilk xabarlar çiqqanida buni yolğon deb öyladi. Aktyorning muxlislari qora tanlilarga koronavirus yuqmasligi haqida ham yozib çiqişdi.
Aktyorning özi koronavirusga çalingani aniq bölgaç şunday dedi: «Bu befahmlik, bu ahmoqlik, bu xavfli. Iltimos, hozir bunday xabar tarqatadigan vaqt emas. Odamlar faktlarni bilişlari va haqiqatni tuşunişlari kerak. Yolğon xabarni tarqatişni töxtatinglar. Bu virus hamma uçun juda xavfli, qora tanlilar uçun ham».
Elbaning kasalligi yengil keçmoqda, unda faqat yengil şamollaş bor, ammo aktyor surunkali astma bilan oğrigani sabab xavfli bemorlar guruhiga kiritilgan.
«Men şundoğam hayotim davomida astmadan qiynaldim, şuning uçun «toj»ni oliş (tojdor virus deb ham ataladigan koronavirusni yuqtirişni nazarda tutilmoqda) mening rejalarimda yöq edi», deb hazillaşdi aktyor CCN naşriga bergan intervyusida.
13 martda Mayami şahri meri Frensis Suares ham koronavirusga çalingani ma'lum böldi. Braziliya prezidenti Jair Bolsanaru bilan uçraşganidan söng unga virus yuqqani aniqlangan. Qiziği, Bolasanaruda bu xavfli virus aniqlanmagan. Unda kasal qayerdan yuqdi deysizmi? Gap şundaki, Mayami meri bilan uçraşuvda koronavirusga çalinganini özi ham bilmagan Braziliya prezidentning matbuot xizmati boşliği Fabio Vayngarten ham iştirok etgan. Frensis Suares virusni undan yuqtirgan.
Tanzaniyaning eng maşhur repperi Mwana FA (Xamis Mvinjuma) Janubiy Afrika Respublikasidan qaytganidan söng özida isitma va boşqa alomatlarni sezib test topşirişga borgaç, unda koronavirus aniqlanadi. Kasalxonaga yotqizilgaç repper özining köp millionli muxlislariga ijtimoiy tarmoq orqali videomurojaat yöllab, şifokorlar berayotgan körsatmalarga amal qiliş, qöllarni doim sovunlab yuvib yuriş, boşqalar bilan muloqot qilganda oraliq masofa saqlaş va eng muhimi vahimaga tuşmaslik haqida gapirgan.
Virus va futbol

Avvaliga koronavirus immuniteti kuçli odamga yuqmasligi aytildi, lekin bu borada muammosi bölmagan sportçilar, futbolçilar va sobiq futbolçilar ham virusni yuqtirib oldi.
12 mart kuni «Arsenal»ning 37 yoşli boş murabbiyi Mikel Artetada koronavirus aniqlangan edi. Murabbiyda virus aniqlangandan söng «Arsenal»ning barça futbolçilari, murabbiylari va jamoa xodimlari karantinga olindi. Uning koronavirus yuqtirgani Angliya çempionatini muddatidan avval töxtatiş uçun asosiy sabablardan biri böldi.
19 mart kuni murabbiying tuzalgani haqida xabar qilindi: «Mamnuniyat bilan xabar qilamizki, Mikel özini yaxşi his qilmoqda va virusdan şifo topyapti. Uning kayfiyati yaxşi, keyingi rejalar yuzasidan murabbiylar ştabi va öyinçilar bilan doimiy muloqotda bölib turibdi», deyildi klub rasmiy bayonotida. Mikelning rejalari öz yöliga, hozirça APL qaçon qayta boşlanişi ham aniq emas.
Virus yuqtirgan maşhur futbolçilar orasida «Yuventus» yulduzi Paulo Dibala ham bor. Uning koronavirus yuqtirib olgani 21 mart kuni aniq böldi. Turin klubida Blez Matyudi hamda Daniele Rugani ham virus yuqtirgan. Şuningdek, Ezekel Garay, Patrik Kutrone, Elyakim Mangala, Manolo Gabbyadini, Kalum Hadson-Odoi, Çarli Ostin, Marvon Fellayni kabi futbolçilarda ham virus aniqlangan.
Turkiyalik maşhur murabbiy Fotih Terim ham virusga çalingani ma'lum böldi.
«Real» klubining ikki sobiq prezidenti virus bilan oğridi. Lorenso Sans koronavirusdan halok böldi, «Real»ning yana bir sobiq prezidenti Martin Alvares ayni vaqtda kasalxonada. Uning ahvoli ham oğir deyilmoqda. Alvares 2006 yil Florentino Peres ketgaç, «Real»ni boşqargandi.
Virus zabardast olimpiada çempionlarini ham çeklab ötmayapti. London olimpiadasi çempioni, janubiy afrikalik suzuvçi Kemeron Van der Burg butun dunyoni egallagan virusni yuqtirib olgani haqida tvitterda yozdi: «14 kundirki Covid-19 virusi bilan kuraşyapman. Men soğlom hayot tarzida yaşayman, içmayman, çekmayman, yoşman, lekin virus meni çetlab ötmadi. Tanamni holsizlik qamrab olgan. Katta musobaqa oldidan virusga çaliniş barça yiğinlarda töplangan kuçni yöqqa çiqaradi», deb yozdi olimpiada çempioni öz mikroblogida.
Dominikan respublikasi taşqi işlar vaziri Migel Vargas unda virus alomatlari bölmasa-da, test topşirgan: «Men özimni yaxşi his qilayotgandim, lekin testlar menda virus borligini körsatdi. Şu bois karantindaman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Koronavirus yuqtirib olgan bölsada işga çiqayotganlar ham topildi. Masalan, Odessa prokurori Sergey Poçenyuk 17 mart kuni Misrdan qaytib kelgan. Avvaliga u özini yaxşi his qilgan, lekin vaqt ötib unda Covid-19 alomatlari paydo bölgan. Odessa prokuraturasi ma'lumotiga köra, prokuror izolyatsiyaga olingan, lekin ijtimoiy tarmoqlarda Poçenyuk 23 mart kuni sud jarayonida qatnaşgani köringan suratlar tarqaldi.
Eronga koronavirus kirib kelganining ilk kunlarida ehtiyotsizlik ortidan bu davlatning bir neça nafar yuqori lavozimli amaldorlari virusni yuqtirib oldi. Jumladan, Eron soğliqni saqlaş vazirining örinbosari Iroj Harirçi, şoşilinç tez tibbiy yordam rahbari Pirhusayn Kolivand, savdo vaziri Rizo Rahmoniy, Eron oliy rahbari Ali Xominaiy boşçiligidagi muvofiqlik Kengaşi a'zosi Muhammad Mirmuhammadiy, Eronning Damaşqdagi sobiq elçisi, taşqi işlar vaziri örinbosari va parlament spikeri maslahatçisi Husayn Şayxulislom ham koronavirus bilan kasallangan edi. Ulardan ikki nafari Husayn Şayxulislom va 71 yoşli Muhammad Mirmuhammadiy virus tufayli vafot etdi.
Koronavirusning dunyo böylab tarqalişi haqida köplab xabarlar tarqalar ekan, ular orasida maşhur insonlarning koronavirus yuqtirib olgani haqida yolğon xabarlar ham tarqatildi. Masalan, Rim papasi Fransisk va maşhur aktyor Jyeki Çan koronavirusga çalingani haqida xabarlar öz isbotini topmadi.
1994-2000-yillarda Finlyandiya prezidenti bölgan Martti Atxisaarining qonida 23 mart kuni koronavirus aniqlandi. 82 yoşli sobiq prezident 2008 yilda tinçlik yönalişida Nobel mukofotini qölga kiritgan. BMTda faoliyat yuritadigan diplomat hozir özini yaxşi his qilayotgani aytildi.
Ispaniyada ham virusga çalinganlar kun sayin köpayib bormoqda. Maşhur opera qöşiqçisi Plasio Domingo ham koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani aniqlandi. 79 yoşli maşhur operaçi bu haqda özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e'lon qilgan. Nufuzli «Gremmi» mukofoti sovrindori özida kasallik belgilari paydo bölgaç, test topşirgan va kasallikka çalingani aniq bölgan. Hozir u öz uyida oila a'zolari bilan birga karantinda turibdi.
Ana şunaqa gaplar. Virus heç kimni çeklab ötayotgani yöq. Şu bois bu menga yuqmaydi degan tuşunçani unutib, ehtiyot bölaveriş kerak...













