23:14 / 12.07.2020
9868

JSST dunyo bo‘yicha rekord sonda kunlik kasallanishni qayd qildi

So‘nggi sutkada dunyoda koronavirusdan 230370 ta kasallanish holati qayd etildi. Bu ayni vaqtda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Foto: REUTERS / Callaghan O'Hare

Bundan tashqari, 5285 kishi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikdan vafot etgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo bo‘ylab kasallanish holati 12,9 mlndan oshib ketdi, 569 mingdan ko‘proq o‘lim holati qayd etildi.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropada qayd qilingan. Ushbu mintaqalarda koronavirusga chalinganlar soni mos ravishda 6,54 mlndan va 2,9 mlndan oshib ketgan. 

Avvalgi sutkalik o‘sish 10 iyulda qayd etilgan. O‘shanda bir kun ichida dunyo bo‘ylab 228 mingdan ko‘proq yangi kasallanish holati aniqlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top