21:15 / 20.07.2020
14325

Oksford universitetining koronavirusga qarshi vaksinasi xavfsiz deb topildi

Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina xavfsiz deb topildi.

Foto: Globallookpress

Olimlar bu haqdagi tadqiqot natijalarini The Lancet tibbiyot jurnalida e'lon qilishdi.

Uchinchi bosqich sinovlari aprel – may oylari davomida 5ta shifoxonada o‘tkazildi. Unda 18-55 yosh oralig‘idagi koronavirus bilan xastalanmagan 1077 ko‘ngilli ishtirok etdi.

- Immunitet tizimida patogenlarni aniqlash va ularga hujum qilishning 2ta usuli bor – antitana reaksiyasi va T-hujayralar. Bu vaksina har ikkalasini ham faollashtirishga qodir. Shu tufayli vaksina odam vujudiga tushgan virusga va zararlangan hujayralarga hujum qiladi», - dedi universitet profesoori Endryu Pollard.

Vaksinaning «bir necha frontda» amal qilish xususiyati tufayli olimlar uning uzoq vaqt himoya qilishini taxmin etishmoqda. 

Vaksinaning salbiy asoratlari ham bor - bosh og‘rig‘i, haroratning ko‘tarilishi, mushaklardagi og‘riq. Ammo bu asoratlar vaksina qo‘llanishida tabiiy hol deb hisoblanadi. 

Buyuk Britaniya vaksinasining samaradorligi sinovlari davom etmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top