14:37 / 18.08.2020
37734

Lukashenko norozilik bildirayotganlarga "Rossiyaning javob qaytarishi" bilan tahdid qildi

Lukashenko saylov natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligini ta'kidladi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z raqiblarini respublikadagi beqaror vaziyatga nisbatan Rossiyaning munosabat bildirishi haqida ogohlantirdi.

"Saylovni, uning natijalarini qayta ko‘rib chiqmaymiz. Chunki bu sizlarning va ishchilarning ham talabi emas. Bu talab yuqoridan. Rossiya va G‘arb o‘rtasida sanitar tushov yaratish kerakligini ko‘rsatish uchun sizlarni Vilnyusdan Kiyevgacha zanjirband etishadi. Rossiyaga qarshi deb hisoblayvering. Sizlar Rossiya ham javob qaytarishini istaysizmi? Men buni istamayman", - dedi Lukashenko Minsk traktor zavodi ishchilari bilan uchrashuvda.

Ishchilarga murojaat qilarkan, Belarus prezidenti ularga tavsiya berdi: "Sizlar xotirjam ishlanglar, sizlar bilan yanvarda uchrashamiz va menga yana nima qilish kerakligini aytasizlar".

Lukashenkoning raqiblari uni ovoz berish natijalarini soxtalashtirishda ayblab, qayta saylov o‘tkazilishini talab qilmoqda. Belarusda 9 avgustdan buyon norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. 17 avgust kuni qator korxonalar muddatsiz ish tashlashga qo‘shildi.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top