Agar Rossiya Ğarbning harakatlariga javoban butun arsenalidan foydalansa, «apokalipsis» yuz beradi. Bu haqda Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko 25 aprel, payşanba kuni Umumbelarus xalq assambleyasi (UXA)da sözlagan nutqida ma’lum qildi.

«Agar vaziyat tahdidli tarzda rivojlansa - birinçi navbatda, ular Rossiyadagi içki vaziyat böyiça şuni istaşyapti, - Rossiya özi egalik qiluvçi barça arsenaldan foydalanadi. Bu apokalipsis böladi. Buning uçun hammasi tayyor», dedi Lukaşenko.

Uning fikriça, Rossiya bilan töqnaşuv yuz bergan taqdirda Şimoliy Atlantika alyansi birinçi navbatda Belarus hududiga zarba beradi, çunki Minsk Rossiya yadro qurolini joylaştirgan. Bu holatda, deb tahdid qildi Lukaşenko, duşman «barça turdagi qurollar bilan bizdan bir zumda javob oladi, şu jumladan, Rossiya Federatsiyasidan ham. Biz har qanday tajovuzkorga töliq qarşilik körsatişga va unga zarar yetkazişga qat’iy harakat qilamiz». U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqinda Belarusga qilingan hujum Moskva tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qilingan hujum sifatida baholanişi haqidagi bayonotini eslatdi.

Yaqinda Putinning özi Rossiya yadroviy doktrinasi yadroviy quroldan foydalaniş uçun ikkita ehtimoliy çegarani körsatişini ta’kidladi: duşmanning birinçi yadroviy zarbasiga javob zarbasi va «odatiy qurol işlatilsa ham, Rossiyaning davlat sifatida mavjudligi tahdid ostida qolsa».

Rossiya kosmosda yadro qurolini joylaştirmaslik haqidagi rezolyutsiyani blokladi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşida koinotda qurollaniş poygasiga qarşi rezolyutsiyani blokladi. 24 aprel kuni bölib ötgan ovoz beriş çoğida Xavfsizlik kengaşiga kiritilgan 15 davlatdan 13 tasi uşbu hujjatni qabul qilişga ovoz berdi, Xitoy betaraf qoldi, Rossiya esa veto huquqidan foydalandi.

Rezolyutsiya loyihasida «bizning umumiy maqsadimiz - koinotda qurollaniş poygasining oldini oliş» va şuningdek, Kosmos şartnomasi böyiça majburiyatlarga rioya qiliş, xususan, «Koinot atrofidagi orbitaga heç qanday yadro quroli yoki ommaviy qirğin qurollarini joylaştirmaslik» ekani ta’kidlangan. Şuningdek, unda BMT Xavfsizlik kengaşi a’zolari «Yer atrofidagi orbitaga joylaştiriş uçun heç qanday yadro qurolini işlab çiqmaslikka» çaqiriladi. 

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya hujjatni qöllab-quvvatlaşdan boş tortişini, öz sözlariga köra, taqiq nafaqat yadro quroliga, balki oddiy qurollarga ham tegişli bölişi kerakligi bilan izohladi.