11:08 / 25.09.2020
8108

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi 

Baxtiyor Xolmatov Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi. Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori e'lon qilindi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 21 sentabr kuni imzolangan PQ-4838-son hujjatga ko‘ra, Baxtiyor Xolmatov Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

B.Xolmatov 1985 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, muhandis. Toshkent davlat texnika universitetini konchilik ishi (ochiq konchilik ishlari) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 2010 yildan shu kunga qadar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor G‘ulomov Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Top