Senatning qirq uçinçi yalpi majlisida liftlar bilan boğliq holatlar muhokama qilingan.

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömita raisi Qutbiddin Burhonov masala haqida töxtalar ekan, liftlar mutaxassislarning tegişli xulosasi olinmasdan hamda belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilmasdan foydalanişga topşirilayotganini ma’lum qilgan.

“Qömitamiz tomonidan mamlakatdagi liftlarning holati hamda ulardan foydalanişda qonunçilikka rioya qilinişi ahvoli örganildi. Natijada bu borada qator tizimli muammo hamda kamçiliklar mavjudligi aniqlandi.

Birinçidan, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi zimmasiga köp kvartirali uylardagi liftlarning texnik holati belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlaş, ularning davlat ekspertizasidan ötkazilgan holda örnatilişini nazorat qiliş, nosoz liftlardan foydalanişni taqiqlaş çoralarini köriş kabi qator vazifalar yuklatilgan. Biroq, ajablanarli jihat şundaki, bu vazifalarni amalga oşirişi uçun inspeksiya zarur vakolatlarga va yetarli mutaxassislarga ega emas.

Misol uçun, yangi qurilgan köp xonadonli uy-joylarni davlat hay’ati qabul qiliş komissiyasi tarkibiga inspeksiya kiritilmagan. Oqibatda lift qurilmalari mutaxassislarning tegişli xulosasisiz, ya’ni belgilangan tartibda davlat röyxatiga olinmasdan hamda xavfsizlik tomonidan körikdan ötkazilmagan tarzda foydalanişga topşirilmoqda.

Jumladan, mamlakatimizdagi yangi qurilgan köp xonadonli uylardagi qariyb 400 ga yaqin lift uskunalarida aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmasdan foydalanib kelinmoqda”, deya ta’kidlagan Qutbiddin Burhonov.

Qömita raisiga köra, hozirgi tartibga muvofiq, köp xonadonli uylarda örnatilgan liftlarning texnik holatini nazorat qiliş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş bilan boğliq funksiyalar amalda ikkita davlat organi – Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi hamda Köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan amalga oşirilişi belgilangan. Ammo bu ikki tuzilma ham öz vazifalarini tölaqonli bajara oliş imkoniyatiga ega emas.

“Mamlakatdagi jami 4 mingdan ziyod köp qavatli uylarda qariyb 11 mingdan ortiq lift bor. Tegişli me’yoriy texnik hujjatlar talabiga muvofiq ular har oyda texnik körikdan va 12 oyda bir marta töliq texnik sinovdan ötkazilişi zarur. Holbuki, har ikkala inspeksiyaning ana şu birgina vazifani amalga oşiriş uçun ham moddiy-texnik, taşkiliy va boşqa imkoniyati yöq.