Qömita xodimlari tomonidan “Öztransgaz” AJ foydalanişida bölgan xavfli işlab çiqariş obektlarida jami 31 marotaba nazorat profilaktika işlari amalga oşirildi. Aniqlangan 426ta kamçiliklardan 403tasi bartaraf etildi, qolganlarining ijrosi nazoratga olindi.   

Joriy yilning 9 oyi davomida “Öztransgaz” AJ tasarrufidagi magistral gaz quvurlarida 3ta avariya sodir bölgan. Avariyalarni bartaraf etiş va magistral gaz quvurlarni ta'mirlaş uçun jami 2 mlrd. sömdan ortiq mablağlar sarf qilingan. 

Magistral gaz quvurlarining loyihalarida közda tutilgan 2 340ta elektr-kimyoviy himoya stansiyalaridan 1 478tasi işçi holatda, 952tasi belgilangan talablarga javob bermaganligi, ta'mirlaş işlari bajarilmagani va zarur ehtiyot qismlar bilan ta'minlanmaganligi sababli işsiz holatda, deyiladi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi ma'lumotida.