18:47 / 04.12.2020
36929

Bosh vazir sobiq o‘rinbosari Nodir Otajonov yangi lavozimga tayinlandi

Shu yilning 20 fevral kuni hukumatni tark etgan Nodir Otajonov endilikda «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ish boshlashi kutilmoqda.

Foto: Xalqaro press klub

«O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 24 noyabr kuni o‘tkazilgan majlis bayonnomasi bilan Otajonov Nodir Sobirovich jamiyat boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Otajonov bunga qadar, bosh vazir o‘rinbosari — Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari lavozimida ishlagan. U 2019 yil yanvarida prezident administratsiyasiga o‘tkazilgandi, 2019 yil iyulida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi — «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.

2020 yil fevraldan Otajonov hukumatdan ketib, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruvi raisi lavozimini saqlab qolgandi.

Top