Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Nodir Otajonov prezident administratsiyasiga ötkazildi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz axborot manbasi tasdiqladi.

Qayd etilişiça, u prezident maslahatçisi örinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi. 

Nodir Sobiroviç Otajonov şu kunga qadar boş vazir örinbosari - Taşqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, maşinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta işlaş sanoatini va yengil sanoatni rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksi rahbari sifatida işlab kelayotgandi.

Taxminlarga köra, Otajonov prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari sifatida iş boşlaydi.

Nodir Otajonov 1967 yil Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida tuğilgan. 1993 yilda Andijon qişloq xöjaligi instituti, 1999 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti, 2000 yilda Özbekiston Respublikasi Bank va moliya akademiyasini tamomlagan. 

1993-2007 yillarda Moliya vazirligi, 2007 yilda “Özavtosanoat” moliyaviy menejyeri, 2008-2010 yillarda - kompaniya direktori sifatida işlagan. Şuningdek, «Özqişloqxöjalikmaşlizing» aksiyadorlik lizing kompaniyasini boşqargan.

Elyor Ğaniyev boş vazir örinbosari lavozimiga qaytdi