08:26 / 10.12.2020
2038

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumani pandemiya sababli noma'lum muddatga qoldirildi

Foto: Wikimedia

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumani tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sababli anjuman o‘tkazilishini noma'lum muddatga qoldirishga qaror qilishdi. Dastlabki rejaga ko‘ra, tadbir an'anaviy ravishda 2021 yil fevralida o‘tishi kerak edi.    

“Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumani 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri har yilning fevral oyida o‘tkazib kelinadi. Kelayotgan yil davom etayotgan pandemiya anjumanni avval rejalashtirilgandek 2021 yil 19-21 fevral kunlari o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi”, deb aytilgan anjuman rahbari Volfgang Ishinger bayonotida. U anjumanni sharoit imkon berishi bilan 2021 yil kechroq sanada o‘tkazishga tayyorligini aytgan. Yangi sana keyinroq e'lon qilinadi.  

Myunxen anjumani 1962 yildan beri o‘tkazib kelinadi. 1993 yilgacha u Harbiy masalalar bo‘yicha anjuman deb atalgan. Birinchi 30 yil davomida unda faqat NATO davlatlari yetakchilari va harbiylari, siyosatshunoslari va OAV vakillari ishtirok etib kelgan. 1990-yillardan anjumanda Rossiya, Yevropaning boshqa davlatlari, Xitoy, Hindiston va Yaponiya ham ishtirok etadi.   

Top