«Dunyo» xabariga köra, maqolada Özbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Gallup tadqiqot va konsalting taşkiloti tomonidan jamoatçilik fikrini örganiş asosida tayyorlanayotgan yillik Jahon sörovnoma (Gallup World Poll) böyiça hisobotini tahlil qilgani ta’kidlangan.
«2022 yilda farovonlik indeksi (0 dan 10 ballgaça) 6,0 ballni taşkil etdi, uşbu indeksning mintaqadagi örtaça körsatkiçi esa 5,7 ballga teng. Şunday qilib, Özbekiston possovet Yevrosiyo mintaqasi mamlakatlari orasida eng yaxşi natijalardan birini körsatgan», - deyiladi materialda.
Britaniya onlayn naşrda ma’lum qilinganidek, possovet Yevrosiyo mintaqasi Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarboyjon, Gurjiston, Rossiya, Belarus, Moldova, Ukraina kabi davlatlarni öz içiga oladi.
Materialda, şuningdek, Gallup bahosiga köra, Özbekiston pandemiyadan söng aholining farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri hisoblanişi urğulangan.
«Özbekistonliklar kelgusi 5 yildagi farovonligini 8,7 ball deb baholagan. Xususan, kelajakdagi farovonligini kutiş borasida Özbekiston mintaqada eng yaxşi natijani körsatgan, mintaqaning örtaça körsatkiçi esa 7,4 ballni taşkil etgan. Respondentlarning 86 foizi hozirgi paytda turmuş darajasi yaxşilanayotganini bildirgan va uşbu körsatkiçning mintaqadagi örtaça darajasi 40 foizni taşkil etgan, - deb yozgan London Post.












