15:17 / 15.12.2020
4296

“Niderlandiya yopilmoqda”: mamlakatda besh haftalik lokdaun joriy etildi

Mamlakatda 15 dekabrdan boshlab maktab, oliy ta'lim muassasalari, bog‘chalar, sport zallari, muzey, hayvonot bog‘i, kinoteatr, sartaroshxona va go‘zallik salonlari yopiladi.

Foto: REUTERS

Niderlandiya hukumati 15 dekabrdan 19 yanvargacha qat'iy karantin choralarini joriy etdi. Mamlakatda faqat oziq-ovqat do‘konlari, bank va dorixonalargina ishlaydi, deb yozmoqda Reuters.

“Niderlandiya yopilmoqda. Biz rojdestvo arafasida qabul qilayotgan qarorlarimiz jiddiyligini bilib turibmiz”, – dedi mamlakat bosh vaziri Mark Ryutte.

Mamlakatda 15 dekabrdan boshlab maktab, oliy ta'lim muassasalari, bog‘chalar, sport zallari, muzey, hayvonot bog‘i, kinoteatr, sartaroshxona va go‘zallik salonlari yopiladi. Faqat oziq-ovqat do‘konlari, bank va dorixonalargagina ishlashga ruxsat berildi. 

Aholiga ikki kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish taqiqlandi. Faqat rojdestvodan uch kun avval uch nafar katta yoshlilar to‘planishiga ruxsat berildi.

Ryutte shuningdek, xalqaro safarlarni 15 martgacha kechiktirishga chaqirdi.

“Biz ayrim namoyishchilar aytayotgan beozor gripp bilan emas, har qanday insonni mahv etishi mumkin bo‘lgan virus bilan to‘qnash keldik”, – dedi u.

Avvalroq Germaniyada 16 dekabrdan 10 yanvargacha bo‘lgan muddatda oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari va dorixonalardan boshqa barcha do‘konlar yopilishi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, Turkiya hukumati koronavirusga qarshi kurash doirasida 31 dekabrdan 4 yanvargacha bo‘lgan vaqtga komendantlik soati joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top