Shuningdek, bu davrda maktablar, sartaroshxonalar yopiladi, kompaniyalarga o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki xodimlar masofadan ishlashi tartibiga o‘tish tavsiya qilinmoqda. Bundan tashqari, cheklov choralari doirasida Yangi yil bayrami arafasida feyyerverklar sotilishi taqiqlanadi.

Shu tariqa, pandemiyani jilovlash uchun 2 noyabr kuni qabul qilingan cheklov choralari kuchaytirilmoqda.

  • Germaniyada noyabr oyida COVID-19 bilan kasallanish darajasi o‘sishi ortidan federal miqyosda restoranlar va barlar faoliyati cheklangan, ammo do‘konlar va maktablar ishlashda davom etgandi. Ayrim yerlarda mahalliy rasmiylar yanada qat'iyroq karantin joriy qilishgandi.
  • Avvaliga karantin noyabr oyi oxirigacha davom etishi mo‘ljallangandi, ammo hukumat bu choralarni 20 dekabrgacha uzaytirgan va muddat yana uzaytirilib, karantin cheklovlari keyingi yil yanvarigacha saqlab qolinishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
  • 13 dekabr holatiga ko‘ra, Germaniyada koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 1 336 101 holat qayd etilgan, so‘nggi bir kunda bemorlar soni 21 792taga oshgan. Pandemiya davrida 21,9 ming germaniyalik koronavirus qurboni bo‘lgan, so‘nggi bir kun ichida 333 o‘lim qayd etilgan.