Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17reysi 2014 yilda Donetsk viloyatida halokatga uçraşi munosabati bilan Niderlandiya 166 million yevro zarar körgan. Bunday ma’lumotlar Niderlandiya Hisob palatasi tomonidan hukumat talabiga binoan tayyorlangan hisobotda keltirilgan. Hujjat 29 fevral, payşanba kuni Haagada taqdim etildi. 

Niderlandiya boş vaziri Mark Ryuttening X ijtimoiy tarmoğidagi postiga köra, uşbu xarajatlar Niderlandiyaning da’vosi natijasida Rossiyaga yuklanişi mumkin. 

«Hukumat uşbu hisobot uçun juda minnatdor, çunki qurbonlar va ularning yaqinlari azob-uqubatlarini yengillaştiriş iloji yöqligi aniq bölsa-da, biz adolat sari qadam taşlaşimiz mumkin. Masalan, uşbu hisobot Niderlandiyaning Rossiyaga qarşi tovon tölaş uçun asosli da’vosiga olib kelişi mumkin», - deyiladi xabarda. 

Niderlandiya BMT Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkilotida MH17 halokati uçun Rossiya davlatining javobgarligi yuzasidan iş qözğatdi. Niderlandiya Hisob palatasiga uşbu da’voni töldiriş uçun mamlakatning uşbu ofat bilan boğliq xarajatlari töğrisida ma’lumot töplaş vazifasi yuklangan. 

MH17 reysi halokati bilan boğliq Niderlandiya xarajatlari 

Hisobotda aytilişiça, eng katta xarajatlar moddasi tabiiy ofat sabablarini örganiş bölgan: bunga 53 million yevro sarflangan. Yana 34,1 million yevro gumondorlarni jinoiy ta’qib qilişni va sud jarayonini taşkil etişga sarflandi. 

Rossiyaning TASS agentligi yozişiça, hisobotda faqat 2022 yil oxirigaça qilingan xarajatlar hisobga olingan. «Şuning uçun, masalan, 2023 yil avgust oyida hokimiyat tomonidan jabrlanuvçilarning yaqinlariga yetkazilgan zararni qoplaş uçun depozit sifatida ajratilgan 16,5 million yevro mablağ kiritilmagan. Kelajakda bu mablağlar har yili yangi xarajatlarni hisobga olgan holda körib çiqilişi kerak, masalan, fojia qurbonlarining oilalari va yaqinlariga psixologik yordam körsatiş, xotira tadbirlarini ötkaziş hamda Monrealdagi fuqarolik aviatsiyasi xalqaro taşkiloti va Strasburgdagi Inson huquqlari böyiça Yevropa sudida körib çiqilayotgan işlar kontekstida mutaxassislarning xizmatlariga haq tölaş», — deyiladi bayonotda.

MH17 reysi Ukraina uzra halokatga uçragan

Malaysia Airlines aviakompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi 2014 yil 17 iyul kuni Ukraina şarqida mamlakat qurolli kuçlari va ayirmaçilar örtasida harbiy amaliyotlar olib borilayotgan hududda urib tuşirilgan. Natijada 298 kişi halok böldi.