Özbekiston elçisi Ğayrat Fozilov Rotterdam şahridagi (Niderlandiya) Erazmus universiteti tibbiyot markazi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Uçraşuvda markaz vakili, professor Luc Van der Laanning aytişiça, Yevropa Ittifoqining Erazmus dasturi doirasida uşbu tibbiyot markazi va Özbekiston tibbiyot ta’lim muassasalari örtasida hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdor.
«Erazmus tibbiyot markazi Özbekiston bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun Yevropa institutlaridan moliyaviy kömak jalb qilişi mumkin. Markazning Transplantologiya instituti Özbekistonning uçta oliy öquv yurti – Toşkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Samarqand davlat tibbiyot universiteti örtasida hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdor», - dedi Luc Van der Laan.
Mazkur hamkorlik doirasida jigar transplantatsiyasi va boşqa mutaxassisliklar böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Uçraşuv davomida Özbekistonning yuqorida qayd etilgan tibbiyot oliy öquv yurtlari va Erazmus tibbiyot markazi örtasida özaro anglaşuv memorandumlarini tuziş taklifi muhokama qilindi.
Niderlandiyaning Erazmus tibbiyot markazi bilan hamkorlikni yölga qöyiş tibbiyotning ommabop va noyob yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlaş, Özbekistondagi universitetlarni global biotibbiyot tadqiqotlariga integratsiyalaşuvi hamda Yevropaning doktorantura va magistratura dasturlariga kiriş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.












