Shtat milliy gvardiyasi rasmiy vakili podpolkovnik Kristofer Bordersning qo‘shimcha qilishicha, halokat yuz bergan hududda kuchli qor yog‘ayotgan bo‘lgan.
AQShning Aydaho shtatida UH-60 Black Hawk vertolyoti qulashi natijasida uch nafar uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat milliy gvardiyasi o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"O‘tgan tunda Aydaho milliy gvardiyasining uch nafar xizmatchisi Boyse yaqinida UH-60 Black Hawk vertolyoti qulab tushishi oqibatida halok bo‘ldi. Ularning barchasi oddiy mashg‘ulot o‘tayotgan uchuvchilar bo‘lgan", - deyiladi xabarda.
Shtat milliy gvardiyasi rasmiy vakili podpolkovnik Kristofer Bordersning qo‘shimcha qilishicha, halokat yuz bergan hududda kuchli qor yog‘ayotgan bo‘lgan.
Vertolyot va ekipaj a'zolarining jasadlari tez fursatda topilgan. Aviahalokat to‘g‘risidagi boshqa ma'lumotlar hozircha oshkor qilinmagan.