Tayvan sohillari yaqinida Black Hawk vertolyotining falokatga uçraşi oqibatida 6 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda Tayvan içki işlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.

Mavjud ma'lumotlarga köra, vertolyot 5 fevral keçki payt Taydun şahridan Lanyuy oroli tomon tibbiy yordam körsatiş va evakuatsiya amalga oşiriş uçun uçgan. Vertolyot ortga qaytayotganda u bilan aloqa yöqotilgan va u radarlardan ğoyib bölgan. Keyinroq vertolyot havoga kötarilgandan köp ötmay noma'lum sabablarga köra suvga qulagani ma'lum bölgan. Voqea mahalliy vaqt bilan soat 23.48da yuz bergan.

Vertolyot bortida ikki uçuvçi, bir mexanik, bir şifokor, bir bemor va unga hamrohlik qilayotgan şaxs bölgan. Ularning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.

AQŞning Black Hawk köp maqsadli vertolyotlari Tayvan armiyasiga 60 ta vertolyot yetkazilişiga tuzilgan şartnoma doirasida 2010 yilda yetkazilgan. Armiya vertolyotlarning bir qismini qutqaruv operatsiyalari ötkaziş va boşqa fuqarolik vazifalarini bajariş uçun içki işlar vazirligiga topşirgan.